Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan Madagaskar sharafini himoya qiladigan ayollar terma jamoasidir. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi FIFA tomonidan tan olingan oʻyinini 2015-yilda oʻtkazgan. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Hind okeani orollari oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda Komor orollari ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonganidan soʻng COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etishdi.
Tarixi 1985-yilda dunyoning deyarli hech bir davlatida ayollar futbol terma jamoasi boʻlmagan, shu jumladan, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham 1950-yildan 2012-yil iyungacha boʻlgan davrda FIFA tomonidan ruxsat etilgan birorta oʻyinda maydonga tushmagan. 2005-yilda Zambiya mintaqaviy COSAFA ayollar chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu musobaqaga faqat oʻnta terma jamoa, jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi, Madagaskar, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari qatnashishga rozi boʻldi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bu musobaqada natija qayd eta olmadi. 2010-yilda mamlakatda ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda qatnashadigan jamoa yoʻq edi. Mamlakatda 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida qatnashadigan jamoa ham yoʻq edi. 2012-yilning iyun oyi holatiga koʻra Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan dunyo reytingida emas edi.
2015 va 2016-yillarda Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta oʻyin oʻtkazdi. Lekin shundan faqat toʻrttasi FIFA tomonidan tan olingan. Ulardan ikkitasi Komor orollari ayollar terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari edi. Boshqa oʻyinlar Hind okeani oʻyinlari turnirida boʻlib, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ushbu turnirda ikkinchi oʻrinni egallashgan edi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib turnir finaliga yoʻl olishgandi.
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yildan 2019-yilgacha ketma-ket uch yil COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etdi. 2017-yilgi turnirda guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan. 2018-yilda esa Botsvana ayollar terma jamoasi bilan faqat bitta o‘yinda durang o‘ynagan va 2019-yilgi turnirda Komor orollari ayollari terma jamoasiga qarshi faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar tarixi Ismi Murabbiylik davri Johari Rakotomalala 2015-
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari Qalin harfa yozilgan o‘yinchilar hali ham oʻz faoliyatini amalga oshirmoqda. Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati ReytingiFutbolchilarFaoliyat yillariUrgan gollariOʻtkazgan oʻyinlari1Sophie Farafanirina2015-hozirga qadar16??2Marie Sarah Rasoanandrasana??-hozirga qadar4??3Regina Ramiseheno2015-??3??Aimée Christina Razanampiavy2015-hozirga qadar3??4Nadia Ravaosoloarimalala2015-??2??Noriaty Nirina Tshohy2015-??2??5Regina Mamiseheno2015-??1??Marie Raharimalala2015-hozirga qadar1??Mamy Razafindrabe??-??1??Hanitriniana Nivonirina??-??1??Solomampionona Razananivo??-??1??Julie Solonilaina??-??1??
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
Hind okeani oʻyinlari
Fayl:Med_2.png Ikkinchi oʻrin:'' 2015
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil Qatnashmadi 2011-yil 2015-yil 2019-yil2023-yil Jami 0/9 - - - - - - -
Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1996-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2000-yil 2004-yil 2008-yil Qatnashmadi 2012-yil 2016-yil 2020-yil 2024-yil Aniqlanmoqda Jami 0/7 - - - - - - -
Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar millatlar kubogida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1991-yil Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi1995-yil 1998-yil 2000 2002-yil 2004-yil 2006-yil Qatnashmadi2008-yil 2010-yil2012-yil 2014-yil 2016-yil 2018-yil2020-yil Qatnashmadi, keyinchalik turnir ham bekor qilindi 2022-yil Qatnashmadi Jami 0/12 - - - - - -
COSAFA ayollar chempionati COSAFA ayollar chempionatida Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻrinOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 2002-yilMadagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2006-yilQatnashmadi 2008-yil 2011-yil 2017-yilGuruh bosqichi113003417 2018Guruh bosqichi10301214 2019Guruh bosqichi8310256 2020Qatnashmadi 2021-yil 2022JamiGuruh bosqichi891171027 Manbalar: COSAFA, Soccerway
Yana qarang
Madagaskarda sport
Manbalar
Havolalar
Malagasi futbol federatsiyasi
Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari