thumb|350x350px| Guruh Avstriya iqtisodiyoti toʻplamlari bilan mashhur boʻlgan Iqtisodiy taʼlim jamgʻarmasi kutubxonasiga sayohat qilmoqda Maxsus kutubxona — bu maʼlum bir mavzu boʻyicha ixtisoslashtirilgan axborot resurslari bilan taʼminlangan, cheklangan mijozlarga maxsus xizmat koʻrsatadigan kutubxonadir. Bu turdagi kutubxonalarga korporativ kutubxonalar, davlat kutubxonalari, huquq kutubxonalari, tibbiyot kutubxonalari, muzey kutubxonalari hamda yangiliklar kutubxonalari kiradi. Ilmiy muassasalar tarkibida ham kutubxonalar mavjud. Ular maxsus kutubxonalar sifatida kiritilgan. Chunki bunday binolar koʻpincha universitet tomonidan alohida moliyalashtiriladi va ular maqsadli foydalanuvchilar guruhiga xizmat qiladiShumaker, David. „Special Libraries.“ Encyclopedia of Library and Information Sciences, 3rd ed., 4966-74. New York: Taylor and Francis, 2011..

Xususiyatlari right|thumb| Parlament uyidagi Viktoriya parlament kutubxonasining ichki qismi, Melburn. Maxsus kutubxonalar odatda anʼanaviy taʼlim yoki jamoat joylaridagi kutubxonalarga qaraganda koʻproq maxsus mijozlarga ega va koʻproq maxsus turdagi maʼlumotlar bilan shugʻullanadi. Ular homiylik qiluvchi tashkilotning missiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan va ularning toʻplamlari va xizmatlari koʻproq maqsadli va mijozlar ehtiyojlariga xosdir. Maxsus kutubxonalar keng omma uchun ochiq yoki aksi boʻlishi mumkin. Omma uchun ochiq boʻlganlar tadqiqot, maʼlumotnoma, jamoat, akademik yoki bolalar kutubxonalariga oʻxshash xizmatlarni taklif qilishadi. Ammo koʻpincha kasalxonadagi bemorlarga kitoblar berish yoki harbiy kolleksiyaning qismlaridan jamoatchilikni cheklash kabi cheklovlar mavjud. Maxsus kutubxonalarning aksariyati keng jamoatchilik uchun ochiq emas, ammo soʻrov bilan maxsus tadqiqotlar uchun kirishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday kutubxonalar baʼzan axborot markazlari sifatida ham tanilgan. Baʼzi mualliflar maxsus kutubxonalarni axborot markazlaridan „juda tor doiraga ega“ deb taʼriflash orqali farqlaydilarMount, Ellis, and Renée Massoud. Special Libraries and Information Centers: An Introductory Text. Fourth edition. Washington, DC: SLA Publishing, 1999..

Maxsus kutubxonalar oʻz toʻplamlari, foydalanuvchilari va xizmatlarida „maxsus“ hisoblanadi.

Masalan, ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi u yerga tashrif buyurishga vaqti bo‘lmagan olimlarga maʼlumot berishi mumkin. Mavjud xabardorlik xizmati (CAS) va maʼlumotni tanlab tarqatish xizmatlari(SDI) juda keng tarqalgan. Maxsus kutubxonalar soha sifatida jamoat, maktab, akademik yoki milliy kutubxonalar emasligi bilan belgilanadi. Maxsus kutubxonalar axborot markazlari, axborot resurslari to‘plamlari yoki boshqa nomlar bilan atalishi mumkin. Odatda kutubxona turi biriktirilgan muassasa tomonidan belgilanadi va uning xodimlari soha boʻyicha oʻqigan malakali kutubxonachi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.

Ushbu kutubxonalar tegishli sohaga oid yoki boshqa hujjatlar manbalarini tanlaydi va sotib oladi. Tegishli sohada yangilangan maʼlumotlarni tarqatadi. U aniq boʻlgan texnik maʼlumotlarni tez uzatadi. Foydalanuvchilarga talab boʻyicha, eng muhimi kutilgan maʼlumotlarni taqdim etadi.

Tarixi Kitoblar toʻplamini maqsadli auditoriyaga ulashish kontekstidagi „maxsus kutubxonalar“ gʻoyasi hech qanday yangilik emas ediShumaker, 4967.. „Maxsus kutubxonalar“ tushunchasi kutubxonalarning oʻziga xos toifalari sifatida XIX asrda Buyuk Britaniya va AQShda paydo boʻlgan. Turli xil maxsus kutubxonalar assotsiatsiyasining paydo boʻlishi 1876-yilda Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasi (AKA) tashkil etilishi bilan yakunlangan. Tibbiyot kutubxonalari assotsiatsiyasi 1898-yilda tashkil etilgan, keyin 1906-yilda Amerika huquq kutubxonalari assotsiatsiyasi toʻz faoliyatini boshlagan. Korporativ kutubxonalarni oʻz ichiga olgan Maxsus kutubxonalar uyushmasi (MKU) 1909-yilda 20 kutubxonachi bilan ish boshlaganShumaker, 4967..

Professional uyushmalar Kanada, AQSh va Yevropada oʻz boʻlimlariga ega boʻlgan Maxsus kutubxonalar assotsiatsiyasi maxsus kutubxonalar uchun asosiy professional uyushma hisoblanadi. Buyuk Britaniyada joylashgan Chartered kutubxona va axborot mutaxassislarining instituti va Avstraliya Kutubxona va Axborot Assotsiatsiyasi ham maxsus kutubxonalarga bagʻishlangan fokus-guruhlarga ega. Butun dunyodagi maxsus kutubxona uyushmalarini Kutubxona birlashmalari roʻyxatidan topish mumkin. Muayyan sohalarga ixtisoslashgan kutubxonalarni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan birlashmalar ham mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:

Amerika huquq kutubxonalari assotsiatsiyasi Amerika diniy kutubxonalar uyushmasi Xalqaro suv va dengiz fanlari kutubxonalari va axborot markazlari assotsiatsiyasi (IAMSLIC) Xalqaro musiqa kutubxonalari, arxivlari va hujjatlashtirish markazlari assotsiatsiyasi Britaniya teologik va falsafiy kutubxonalar uyushmasi Tibbiyot kutubxonasi uyushmasi Musiqa kutubxonasi uyushmasi Indoneziya maxsus kutubxonalar forumi

Maxsus kutubxona turlari

Korporativ kutubxonalar Korporativ kutubxona — bu korporatsiya xodimlariga xizmat koʻrsatadigan maxsus kutubxonadir. Korporativ kutubxonalar tomonidan taqdim etiladigan axborot xizmatlari asosan xodimlarning vaqtini tejaydi va raqobatbardosh razvedka ishlarida qoʻl keladiKeyes, Alison M. „The Value of the Special Library: Review and Analysis.“ Special Libraries 86, no. 3 (1995): 172-87.

Qonun kutubxonalari Yuridik kutubxonalar huquqshunos talabalarga, advokatlarga, sudyalar va ularning advokatlariga hamda huquqiy tadqiqotlar olib borayotgan boshqa shaxslarga, shu jumladan keng jamoatchilik vakillariga yordam berish uchun moʻljallangan. Aksariyat yuridik kutubxonalar tegishli muassasa mijozlaridan foydalanish uchun yuridik maktablar, xususiy yuridik firmalar yoki davlat sudlariga biriktirilgan. Ammo baʼzi universitet kutubxonalarida alohida yuridik boʻlimlar ham mavjud. Yuridik kutubxonalar toʻplamlari ular bogʻlangan muassasaning oʻziga xos qonuniy manfaatlariga moslashtirilgan va bu doiradan tashqarida keng toʻplamga ega boʻlmasligi mumkin. Huquqiy kutubxonachilar uchun taʼlim talablari huquq kutubxonalarining turlariga qarab farq qiladi. Maʼlumotnoma taqdim etadigan akademik huquq kutubxonachilari, ehtimol kutubxonashunoslik boʻyicha magistr darajasiga va huquqshunoslik doktori darajasiga ega boʻlmasliklari ham mumkin. Yuridik firma kutubxonachilari, aksincha, koʻp holatlarda faqat kutubxonashunoslik darajasiga ega boʻlishadi. Soʻnggi yillarda tibbiyot yoki biznes kutubxonalari kutubxonachilaridan, masalan, fanlar boʻyicha yuqori darajaga ega boʻlish talab etilmaganligi sababli, huquq kutubxonachiligida ikki darajaning ham talabi keng muhokama qilinmoqdaYoung, S. (2012). The dual degree: A requirement in search of a justification. AALL Spectrum, 17, 7-10. Retrieved from http://heinonline.orgWhisner, M. (2008a). Law librarian, J. D. or not J. D.? Law Library Journal, 100, 185-190. Retrieved from http://heinonline.orgRumsey, M. (2008). Foreign and international law librarianship. Legal Reference Services Quarterly, 25, 73-88. doi:10.1300/J113v25n02_03. Huquqiy kutubxonadagi kutubxonachi qila oladigan eng koʻp narsa maʼlumotnoma materiallarini topishda yordam berishdir, lekin kutubxona materiallariga asoslangan yuridik maslahat berishga ruxsat berilmaydi.

Hozirgi kunda dunyodagi eng katta huquq kutubxonasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Kongressning yuridik kutubxonasi hisoblanadi. U 1832-yilda tashkil etilgan va Kongressning birinchi yuridik kutubxonachisi Charles Henry Wharton Meehan mehnatlari yordamida Kongress kutubxonasining asosiy boʻlimiga aylangan. Dastlab, kutubxona faqat Qoʻshma Shtatlar Kongressi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Oliy sudi aʼzolariga xizmat qilgan, ammo keyinchalik keng jamoatchilikka va turli davlat idoralariga xizmat koʻrsatishi uchun kengaytirilgan. Hozirda kutubxona kolleksiyasida 2,65 millionga yaqin toʻplamlar mavjud, shu jumladan Qoʻshma Shtatlar qonunchiligiga oid materiallar hamda butun dunyo boʻylab yurisdiktsiyalar uchun huquqiy resurslardir. Toʻplamda, shuningdek, umumiy, diniy, fuqarolik va sotsialistik qonunlar sohasidagi eng ibtidoiy huquq tizimlarining boshlanishiga borib taqaladigan huquq tarixiga oid materiallarni ham topish mumkin.

Federal kutubxonalar AQSHda federal kutubxonalar federal hukumatning kutubxonalari hisoblanadi. Eng yorqin misol Kongress kutubxonasi (KK), ammo „AQSh federal hukumatida 1100 dan ortiq kutubxona“ mavjud. Kongress kutubxonasi federal kutubxonalarning oʻn bir turini aniqlagan:

Muhandislik va fan Harbiy baza/post Sogʻliqni saqlash va tibbiyot Qonun Arxivlar, muzeylar, prezident kutubxonalari Qamoqxona Milliy bogʻlar Umumiy agentlik Akademik Oʻquv markazlari va texnik maktablar Dastur/mintaqaviy idora

Kongress kutubxonasi Federal Kutubxona va Axborot Tarmogʻini (FEDLINK) AQSh federal hukumati kutubxonalari uchun konsortsium sifatida boshqaradi. Sotib olish, oʻqitish va resurslar almashishni taklif qiladi. Federal Kutubxona va Axborot Tarmogʻi missiyasi „umumiy xizmatlarni ilgari surish, mavjud resurslarni muvofiqlashtirish, axborot xodimlarini uzluksiz kasbiy taʼlim bilan taʼminlash orqali federal kutubxonalar va axborot markazlarining resurslari, vositalaridan optimal foydalanishga erishish“ hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda ham federal hukumat kutubxonalari mavjud boʻlib, ular milliy kutubxonalar va milliy davlat federal hukumatining muayyan tarkibiy qismlarini qoʻllab-quvvatlovchi funksional kutubxonalarni oʻz ichiga oladi.

Tibbiyot kutubxonalari Tibbiyot kutubxonalari shifoxona kutubxonalari yoki sogʻliqni saqlash kutubxonalari nomlari bilan ham tanilgan. Ushbu kutubxonalar shifokorlar, sogʻliqni saqlash mutaxassislari, tibbiyot tadqiqotchilari, tibbiyot talabalari, bemorlar va tibbiyot sohasiga qiziqqan isteʼmolchilar ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Aksariyat tibbiy kutubxonalar faol tibbiyot mutaxassislari, tadqiqotchilar va tibbiyot sohasini tadqiq qilishdan manfaatdor boʻlgan jamoatchilikka yordam berish uchun moʻljallangan. U shifoxonalar, tibbiy tadqiqot muassasalari, tibbiyot maktablari va shunga oʻxshash muassasalarga biriktirilgan. Huquqiy kutubxonalarga oʻxshab, aksariyat tibbiy kutubxonachilar ham rasmiy kutubxona taʼlimi oʻrniga yoki unga qoʻshimcha ravishda biologik yoki tibbiy sohada ilmiy darajalarga ega boʻlishlari mumkin.

Baʼzi shifoxonalar tadqiqot, taʼlim yoki kasbiy rivojlanish oʻrniga bemorlarning oʻyin-kulgi va dam olishlari uchun maxsus kutubxona tashkil etadi. Ular jamoat kutubxonalariga oʻxshash tarzda ishlaydi. Ammo toʻplamlari ichida tibbiyot mavzusidagi asarlarni ham topish mumkin.

Fizika kutubxonalari Fizika kutubxonalari fizika ilmiga doir yoki fiziklar uchun foydali boʻlgan kitoblarni oʻz ichiga oladiPaul J. Kobulnicky, „Physics Libraries“ in „Physics Libraries and Literature“ in  Kent and Lancour and Daily (eds), Encyclopedia of Library and Information Science, Marcel Dekker, 1977, volume 22, p 214 at p 236..

Harbiy kutubxonalar