Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy mamlakatini ifodalovchi ayollar assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir vaqtning oʻzida FIFA, Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) va Janubiy Afrika Futbol Uyushmalari Assotsatsiyasi (COSAFA) aʼzosidir. Mamlakatda va umuman Afrikada ayollar futbolini rivojlantirish qator muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatda 1997-yilgacha ayollar futboli dasturi yaratilmagan. FIFA Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasiga pul ajratadi. Bu mablagʻning 10 foizi mamlakatda ayollar futboli, sport tibbiyoti va futzal kabi sohalarda futbolni rivojlantirishga qaratilgan.

Tarixi 1985-yilda juda kam sonli mamlakatlarda ayollar futboli terma jamoasi edi va Mavrikiy ham bundan mustasno emas edi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi faqat 1997-yilga kelib tashkil etilgan. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyini 2012-yilning 3-iyunida Sen-Denida „Reunion“ ayollar terma jamaosiga qarshi boʻlgan. Bu oʻyin 3:0 hisobidagi Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Javob oʻyini 2012-yilning iyulida Mavrikiyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo bu 2012-yilning noyabriga kechiktirildi. Uchrashuv 2012-yil 25-noyabrda Bambous shahrida boʻlib oʻtdi, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yana 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, ammo jamoa ulardan voz kechdi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilda Zimbabvening Xarare shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Afrika Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (COSAFA) ayollar turniriga kiritilgan, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqani tark etgan. 2005-yilda Zambiya ayollar futboli boʻyicha COSAFA mintaqaviy turniriga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu turnirga bir qancha terma jamoalar: Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari yuborishga rozi boʻldi. Turnir oxir-oqibat 2006-yilda boʻlib oʻtdi, ammo Mavrikiy oʻz terma jamoasini yubormadi. Bundan tashqari, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishlari kerak edi, u yerda ular Zimbabve bilan dastlabki bosqichda oʻynashlari kerak edi. Ammo, Zimbabve terma jamoasi musobaqadan chiqib ketdi. Oʻsha turda Mavrikiy Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi bilan oʻynashi kerak edi, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi ham musobaqadan chiqib ketdi.

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etib, oʻz guruhidagi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlishdi.

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Bosh murabbiy Aniel Kolet Texnik direktor Yordamchi murabbiy Darvozabonlar murabbiyi Jismoniy murabbiy

Bosh murabbiylar tarixi Ismi Murabbiylik davri Per-Iv Bodino 20-20? ? Aniel Kollet 2022 — hozirgi kungacha

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

Hozirgi tarkib Quyidagi o‘yinchilar 2022-yil 24-avgustda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi COSAFA ayollar chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildiSuqad for cosafa cup 2022.

Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1991-yil Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil Kiritilmadi 2011-yil 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 2019-yil Kiritilmadi2023-yil Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1996-yil Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2000-yil 2004-yil 2008-yil Kiritilmadi 2012-yil 2016-yil 2020-yil 2024-yil Aniqlanmoqda Jami 0/7 - - - - - - -

Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar millatlar kubogida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1991-yil Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi1995-yil 1998-yil 2000 2002-yil 2004-yil 2006-yil Kiritilmadi2008-yil 2010-yil2012-yil 2014-yil 2016-yil Saralashdan oʻta olmadi 2018-yil Kiritilmadi2020-yil Kiritilmadi, keyinchalik turnir bekor qilindi 2022-yil Kiritilmadi Jami 0/12 - - - - - - -

Afrika oʻyinlari Afrika oʻyinlarida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 2003-yil Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2007-yil Kiritilmadi 2011-yil 2015-yil 2019-yil2023-yil Aniqlanmoqda Jami 0/5 - - - - - -

COSAFA ayollar chempionati COSAFA ayollar chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 2002-yil Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2006-yil Kiritilmadi 2008-yil 2011-yil 2017-yil Guruh bosqichi 12 3 0 0 3 0 17 2018 Kiritilmadi 2019 Guruh bosqichi 11 3 0 0 3 0 26 2020 Kiritilmadi 2021-yil 2022 Guruh bosqichi 11 3 0 0 3 0 12 Jami Guruh bosqichi 11 9 0 0 9 0 55

Yana qarang

Mavrikiy erkaklar milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Mauritius at the FIFA.com Mauritius at CAFonline.com Mauritius Fixtures and Results — Soccerway.com

Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari