Kew Raffique Jaliens (; 1978-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Sparta Kew Jaliens oʻz faoliyatini „Sparta“ da boshlagan. 1997-yil 25-mayda 18 yoshida ligadagi debyutida klubi bilan Groningen ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi 1997—1998-yilgi mavsumda Jaliens asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. „Sparta“da 68 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Willem II Jaliens 1999-yilda Villem II bilan shartnoma imzoladi va 28-avgust kuni FC Den Boschga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻzining birinchi golini 2001-yilning 3-fevralida Twente Enschede klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.

AZ left|thumb|222x222px| Kew Jaliens 2007-yilda. 2004-yilda Jaliens AZ bilan shartnoma imzoladi. 14-avgust kuni SC Heerenveen qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. AZ safidagi birinchi golini 2005-yilning 16-martida Vitesse Arnhemga qarshi oʻyinda kiritdi. 2007-yil iyul oyida AZ futbol direktori Marsel Brands bilan shartnomani 2012-yilgacha uzaytirdi. Jaliens klub bilan 2009-yilda Erediviziya va Gollandiya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Wisła Kraków 2011-yil 26-yanvarda Jaliens Polshaning Ekstraklasa jamoasi Wisła Kraków tekinga oʻtdi. Klub bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. Jaliens debyut mavsumida klub bilan Ekstraklasa chempionligini qoʻlga kiritdi.

Newcastle Jets 2013-yil 15-avgustda Jaliens Avstraliyaning Newcastle Jets klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. 2014-yil 4-avgustda Jaliens Newcastle Jetsning 2014—2015-yilgi mavsumda jamoa sardori boʻlishligini maʼlum boʻldi.

Xabarlarga koʻra, 2014—2015-yilgi A-Liga mavsumining oʻrtalarida oʻyinchilar oʻrtasidagi nizo tufayli klub egasi Nathan Tinkler Jaliens bilan xayrlashdi.

Melbourne City „Newcastle“dan ketganidan ikki hafta oʻtgach, Jaliens A-Ligadagi vakili Melbourne Cityga qisqa muddatli shartnoma asosida qoʻshildi. Keyinchalik, Jaliens oʻzining sobiq jamoasi Melbourne Cityga qarshi oʻyinda gol urdi.

Xalqaro faoliyati left|thumb|174x174px| Jaliens Gollandiya terma jamoasida 2006-yilda Jaliens Marko van Bastendan chaqiruv oldi va Ekvadorga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut qildi.

2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati final bosqichi uchun Gollandiya terma jamoasining 23 kishilik tarkibiga kiritilgan. Jaliens Gollandiya terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumDiviziyaLigaKubokQitʼaPley-oflarJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Rotterdam1996—1997Erediviziya20---201997—199832310--3331998—199932041-404011999—20002120--41Sparta Rotterdamda jami68471-40795Willem II1999—2000Erediviziya2201050-2802000—200131220--3322001—200229030--3202002—20033212151-3932003—20043314020-391Willem IIda jami1474121121-1716AZ2004—2005Erediviziya2210091-3122005—20063002071214122006—200728130110404612007—20083021061-3732008—200924130--2712009—20102402050-3102010—2011803071-181AZda jami16651404546123110Wisła Kraków2010—2011Ekstraklasa12020--1402011—201219140110-3412012—201315040--190Wisła Krakówda jami461100110-671Newcastle Jets2013—2014A-League232---2322014—20154010--50Newcastle Jetsda jami272100000282Jami faoliyati4541644268510157624

Terma jamoada MavsumTerma jamoaIshtirokGollar1998—1999Niderlandiya U211102008Niderlandiya Olimpiada302006—2007Niderlandiya151

Yutuqlari AZ

Erediviziya: 2008—2009 Gollandiya Superkubogi: 2009-yil

Visla Wisła Kraków

Ekstraklasa: 2010—2011

Manbalar

Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar