Jang Hye-jin (; 1975-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktrisa. Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan „Parazit“ filmidagi Park Chung Suk roli bilan xalqaro miqyosda tanilgan.

Faoliyati Hye-jin 1975-yil 5-sentyabrda Pusan shahrida tug‘ilgan. Uning aktrisalik faoliyati 1990-yillarda boshlangan. U 1998-yilda „If It Snows On Christmas“ („Rojdestvoda qor yog‘sa“) nomli badiiy filmda kichik rol ijro etgan. Hye-jin 2000-yillarning oʻrtalarida kinorejissyor va yozuvchi Li Chang-dong boshchiligidagi „Secret Sunshine“ („Maxfiy quyosh nuri“) dramatik filmida Park Myon Suk roli va SBS telekanalida efirga uzatiluvchi „My Sweet Seoul“ („Mening Seulim“) teleserialidagi ijrosi bilan oʻz ona yurtidagi ommaviy axborot vositalari eʼtiborini qozona boshlagan.

Hye-jin rejjisyor Yun Jong Seokning „Marine Boy“ („Dengizchi bola“) va yuqorida tilga olingan Li Chang-donning „Poetry“ („Sheʼriyat“) filmlarida suratga tushgan. 2016-yilda Yun Ga Yunning „Secret Sunshine“ va Shin Junning „The World of Us“ („Bizning dunyo“) filmlarida rol ijro etgan.

Hye-jin „Yongsoon“ filmlarida rol o‘ynagan, undan oldin rejissyorlar Yun Chan-Yung va Li Sang Xi bilan Li Dong Yun tomonidan suratga olingan „Mothers“ („Onalar“) nomli badiiy filmida Jung Xi rolini ijro etgan.

Hye-jin „eng yaxshi original ssenariy“ va „eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyalarida toʻrtta Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan „Parazit“ filmidagi bosh rol Park Chung Suk rolini ijro etib, xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Filmda u badavlat oilada uy xizmatkori boʻlib ishlayotgan ona rolini oʻynaydi.

Hye-jin 2021-yilda u MBC telekanalida efirga uzatiluvchi „The Red Sleeve“ nomli tarixiy dramasida Lady Seo rolini oʻynagan. 2022-yilda „Green Mothers' Club“ teleserialida rol ijro etishi rejalashtirilgan edi.

Filmografiyasi

Filmlari YilNomiRoli1998If It Snows On ChristmasKotiba2007Secret SunshinePark Myung-suk2009Marine BoyChet ellik sudya2010PoetryMr. Kangning ikkinchi kelini2012Saying I Love YouSu-ji2016The World of UsOnaYongsoonRestorandagi oʻrta yoshli ayol2017MothersJung-hee2018AdulthoodJum-heeʼs ikkinchi keliniYoungjuHola rolida2019ParazitPark Chung-sookThe House of UsSeonning onasiFamily AffairMi Jung2020More Than FamilySeon-myeong

Teleseriallari YilNomiRoliIzohlar2008My Sweet Seoul2018Hold Me TightBaek So-jin2019When the Camellia BloomsPark Young-sim2019-2020Crash Landing on YouGo Myeong-eun2020A Piece of Your MindHan Seo-wooning onasiHow to Buy a FriendJo Pyung-seopMemorialsKim Sam-sukBirthcare CenterChoi Hye-suk2020-2021True BeautyHong Hyun-sook2021Hospital Playlist 2Chu Min-haning onasi(10-epizod) Reflection of YouAhn Min-seoThe Red SleeveCourt Lady Seo2022Green Mothers ClubKim Young-miThe Law CafeKim Cheon-daekCurtain CallOh Ga-young(1, 7-epizod)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar