Stepan Falkovsky () (; 1996-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — belaruslik professional xokkey himoyachisi. Stepan Falkovsky hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „SKA Saint Petersburgh“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda.

Oʻyin faoliyati Stepan Falkovsky yoshligida „Yunost Minsk“ xokkey jamoasida oʻynagan. Stepan Falkovsky 2013-yilda Vysshaya ligasida 16 yoshida ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Shundan soʻng, Stepan Falkovsky oʻzining oʻyin uslubini rivojlantirish uchun Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtdi. Bu yerda Stepan Falkovsky Ontario xokkey ligasining (OHL) „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasida oʻynay boshladi.

Stepan Falkovsky 2016-yilgi NHL kirish loyihasida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 186-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Stepan Falkovsky 2016-yil 5-oktyabrda „Flames“ klubining sho‘basi „Stockton Heat“ xokkey jamoasi bilan AHL/ECHL shartnomasiga imzo chekdi .

2017-yil 1-iyulda Stepan Falkovsky erkin agent sifatida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2018-yilning 21-noyabrida Falkovsky „Los Angeles Kings“ klubi tomonidan Pavel Jenyš evaziga „Minnesota Wild“ xokkey klubiga almashtirildi. U klub safida 5 ta oʻyin oʻtkazdi.

Shundan soʻng, Falkovsky 2020-yil 4-avgustda KHL vakili „Dinamo Minsk“ xokkey klubi bilan dastlabki sinov shartnomasini imzolash uchun Shimoliy Amerikani tark etdi. Stepan Falkovsky klub safida 2020—2021-yilgi mavsumda 37 ta oʻyinda 8 gol va 20 ochko qayd etdi.

2021-yil 16-iyun kuni Falkovsky Minskning „Dinamo Minsk“ klubi tomonidan Lukas Bengtsson evaziga „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubiga almashtirildi. Stepan Falkovsky klub bilan 2023-yilgacha moʻljallangan shartnomani imzolagan edi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2013—2014MHK Yunost MinskMHL3303318—————2013—2014Yunior MinskBel.1133361817437222014—2015Yunost MinskBXL10000—————2014—2015MHK Yunost MinskMHL2247112501182014—2015Yunior MinskBel.1944814—————2015—2016Ottawa 67’sOHL589233235512342016—2017Adirondack ThunderECHL5421113237402202017—2018Ontario ReignAHL4434728—————2018—2019Manchester MonarchsECHL2748123211033172018—2019Iowa WildAHL50002—————2018—2019Allen AmericansECHL121342—————2019—2020Allen AmericansECHL4615264132—————2020—2021Dinamo MinskKHL378122016500042021—2022SKA Saint PetersburgKHL290888163146KHL jami6682028242131410

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Belarus profissional xokkeychisi