Taras Mikolayovich Stepanenko (; 1989-yil 8-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. U Shaxtar Donetsk klubi va Ukraina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatini Metalurg Zaporijjyada boshlagan Stepanenko ilk klubida 2007-yilda debyut qilgan va 2010-yilda Shaxtarga oʻtgan.

Klubdagi faoliyati

Metalurg Zaporijjya Stepanenko faoliyatini Metalurg Zaporijjyada boshlagan, 2006—2007-yilgi mavsumda oʻsmirlar jamoasida 16 marta oʻynab, 1 ta gol urgan va mavsumning qolgan qismida kattalar jamoasida maydonga tushgan.

U 2007-yilning 4-martida 17 yoshida Dinamo Kiyevga qarshi oʻyinda (3:1) kattalar jamoasidagi debyutini qilgan. Stepanenko kattalar safidagi birinchi mavsumini 12 ta oʻyin bilan yakunladi.

Ikkinchi mavsumida u klub safidagi birinchi golini 2007-yil 21-iyulda Premyer-ligada Krivbas ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda kiritdi. Stepanenko gol urganida 18 yoshga toʻlishiga bir oy qolgan edi. Oʻsha mavsumda u klub safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Stepanenko uchinchi mavsumida jamoaning ajralmas qismiga aylandi va u klub safida 29 ta oʻyin oʻtkazdi.

Keyingi mavsumda Stepanenko klub safida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi. Mavsum oxirida u amaldagi Premyer-liga chempioni Shaxtar Donetskka oʻtishga ro``zi boʻldi. Stepanenko Metalurgning asosiy jamoasi safida jami 81 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Shaxtar Donetsk

2010—2011 2010-yil 11-mayda yarim himoyachi Shaxtar Donetsk klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi va Metalurg Zaporijjyani Serhiy Kryvtsov bilan tark etdi. U klubdagi debyutini Superkubokda Tavriya Simferopolga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 7:1 hisobida gʻalaba qozongan holda o‘tkazdi. Bu Stepanenkoning klubdagi birinchi sovrini edi. U klubdagi ilk golini 2010-yilning 23-noyabrida Chempionlar ligasi guruh bosqichida Partizan Belgrad ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda kiritdi. Stepanenko birinchi mavsumida Shaxtar tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushdi, ulardan 15 tasi liga o‘yini edi va u 1 ta gol urgan. Stepanenko Shaxtarga 3 karra gʻalaba qozonishida yordam bergan, yaʼni klub Premyer-liga, Superkubok va Kubokda gʻolib chiqqan.

2011—2012 Klubdagi ikkinchi mavsumida Stepanenko 12 ta oʻyin oʻtkazdi, 9 tasida ligada va 3 tasida kubok o‘yinlarida maydonga tushdi. U Ukraina kubogi finalida Shaxtar Donetskning Metalurg Donetsk ustidan g‘alaba qozongan qoʻshimcha vaqtida 109-daqiqada maydonga tushdi. Shaxtar yana bir bor Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

2012—2013 U Ukraina Superkubogi doirasida Shaxtar Donetskning Metalurg Donetsk klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 60-daqiqada sariq kartochka oldi. 2012-yil 6-avgustda Stepanenko Henrix Mxitaryanga Premyer-ligada Volin Lutsk ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi golni urishda assistentlik qildi. U 2-sentyabr kuni Dinamo Kiyev klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda Oleksandr Kucherga birinchi golga assistentlik qildi. 28-sentyabr kuni Stepanenko Dnepr Dnepropetrovskga qarshi oʻyinda ikkinchi sariq kartochkani olib, 89-daqiqada qizil kartochka oldi, ammo bu Shaxtarga taʼsir qilmadi va ular oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 19-oktyabr kuni u Dmitro Chigrinskiyning Illichivets Mariupolga qarshi oʻyinda (2:1) gʻalaba keltirgan goliga assistentlik qildi.

Yarmolenko bilan raqobat 2015-yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan oʻyinda Andrey Yarmolenko xavfli harakat qildi va Stepanenkoning oyogʻini sindirishiga oz qoldi. Oʻyindan soʻng ikki futbolchi yarashib, forma almashishdi, biroq Yarmolenko Dinamo Kiyevning muxlislariga minnatdorchilik bildira turib, Stepanenkoning futbolkasini yerga tashladi. 2016-yil aprel oyida Shaxtar — Dinamo derbisida Shaxtar 3:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, Stepanenko Dinamo muxlislari qarshisiga chiqib, oʻz jamoasi emblemasini oʻpdi. Mushtlashuv avj olganida, Yarmolenko Stepanenkoni tepib, urib yerga yiqitdi. Mushtlashuvdan soʻng uchta qizil kartochka: Yarmolenko va Oleksandr Kucherga qizil kartochka, Stepanenkoga esa ikkinchi sariq kartochka koʻrsatildi.

Xalqaro faoliyati thumb|230x230px| Stepanenko Franck Ribery bilan toʻp uchun kurashmoqda Stepanenko 21 yoshgacha boʻlganlar darajasida Ukraina milliy terma jamoasi sardori edi. U Ukrainaning 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 4 marta, 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida 22 marta maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 marta kattalar jamoasida maydonga tushgan. 2010-yilning 17-noyabrida Stepanenko o‘rtoqlik o‘yinida Shveysariya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, 65-daqiqada Taras Mixalikning o‘rniga maydonga tushib, kattalar terma jamoasi safidagi debyutini qildi. U ilk marta 2011-yilning 8-fevralida Ruminiyaga qarshi o‘yinda (2:2) o‘yin boshidan maydonga tushgan. Ertasi kuni Stepanenko Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. U 2011-yil 29-mart kuni Italiyaga qarshi o‘yinda (2:0) ham maydonga tushdi. 2012-yil 15-avgustda Stepanenko Ukraina jamoasi Chexiya jamoasi bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan oʻyinda Shaxtar Donetskdagi jamoadoshi Marko Devichning oʻrniga 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2013-yil 26-mart kuni u Moldovaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida Vitaliy Bordiyanga bergan zarbasi uchun qizil kartochka oldi.

Stepanenko Ukraina terma jamoasining UEFA Euro 2016 oʻyinlarida qatnashuvchi tarkibiga kiritildi va 3 ta oʻyinda ishtirok etdi, ammo Ukraina ochkoga ega boʻla olmay, guruhda oxirgi oʻrinni egalladi.

Shaxsiy hayoti Taras Stepanenko futbolchilar o‘rtasidagi tatuirovka madaniyatiga qarshi gapirgan va bu qarshiligiga sabab qilib o‘zining nasroniy eʼtiqodini keltirgan. U, shuningdek, ashaddiy kitobxon bo‘lib, sevimli janri buyuk shaxslarning tarjimai hollaridir.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMetalurg Zaporijjya2006—2007Ukraina Premyer-ligasi1200000001202007—20082311000002412008—20092901000003002009—2010170000000170Jami811200000831Shaxtar Donetsk2010—2011Ukraina Premyer-ligasi1502021102012011—2012903000001202012—20131803030102502013—20141824040102722014—20152245071103552015—201618250161104032016—201727131102104142017—20182603080103802018—20192642070103642019—202024111111103732020—20211820050102422021—20221320080102222022—20233000100040Jami2371831282611036124Faoliyati jami3181933282611044426

Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Ukraina 2010-yil 1 0 2011-yil 3 0 2012-yil 2 0 2013-yil 7 0 2014-yil 5 1 2015-yil 7 0 2016-yil 11 2 2017-yil 7 0 2018-yil 8 0 2019-yil 6 0 2020-yil 2 0 2021-yil 10 1 2022-yil 3 0 Jami 72 4

Ballar va natijalar birinchi navbatda Ukrainaning gollari roʻyxatini, ballar ustuni Stepanenkoning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.

+Taras Stepanenko tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2014-yil 22-may V. Lobanovskiy stadioni, Kiyev, Ukraina 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2016-yil 24-mart Chornomorets stadioni, Odessa, Ukraina 1-0 1-0 3 2016-yil 3-iyun Stadio Atleti Adzurri d’Italia, Bergamo, Italiya 1-0 3-1 4 2021-yil 11-noyabr Chornomorets stadioni, Odessa, Ukraina 1-1 1-1

Yutuqlari Shaxtar Donetsk

Ukraina Premyer-ligasi (8): 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020 Ukraina kubogi (7): 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019 Ukraina Superkubogi (7): 2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2017, 2021

Manbalar

Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar