Jetro Danovich Sexer Willems (; 1994-yil 30-martda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi sifatida 2. Bundesliga klubi Greuther Fürthda oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Sparta Rotterdam Willems oʻz faoliyatini havaskor „Spartaan'20“ jamoasida boshlagan, keyin „Sparta Rotterdam“ga oʻtgan. „Sparta“ bilan oʻynagan vaqtida klubning yoshlar akademiyasidan asosiy jamoasiga oʻtdi. 2011-yil 16 yanvarda Go Ahead Eaglesga qarshi oʻyinda debyut qildiSparta Rotterdam — Go Ahead Eagles (16-01-2011) ; Voetbal International, 16 January 2011 . Gollandiya ikkinchi divizionida 16 ta oʻyin oʻtkazdi.
PSV left|thumb| Willems 2014-yilda PSV Eindhovenda 2011-yilning 31-avgustida Willems PSV Eindhoven klubiga uch yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi. 43-raqamli formani oldi va PSVdagi debyutini 23-oktyabr kuni „Vitesse“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdiVitesse — PSV (23-10-2011) ; Voetbal International, 23 October 2011 . Willems 3-noyabr kuni UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Hapoel Tel Aviv“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va UEFA musobaqalarida ishtirok etgan eng yosh gollandiyalik bo‘ldiPSV fight back to progress against Hapoel Tel-Aviv; UEFA, 3 November 2011.
Eintracht Frankfurt 2017-yilning 17-iyulida Willems Bundesliganing Eintracht Frankfurt klubiga keldi. PSVga toʻlangan transfer narxi 5 million yevro atrofida ekanligi xabar qilingandi. Willems 2017—2018-yilgi mavsumda 29 ta oʻyinda maydonga tushdi.
2019—2020-yilgi mavsum: Newcastle Uniteda ijara 2019-yil 2-avgustda Willems Premyer-liganing „Newcastle United“ klubiga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Willems 14-sentyabr kuni „Newcastle United“dagi birinchi golini UEFA Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi Liverpoolga urdi, biroq, yakunda jamoa 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Greuther Fürth 2021-yil avgust oyida Willems Bundesliganing yangi jamoasi Greuther Fürth bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va unga 15-raqamli forma berildi.
Xalqaro faoliyati thumb| Willems Gollandiya terma jamoasi safida Yevro-2012da 2011-yilda Willems Gollandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 2011-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqanUEFA European Under-17 Championship 2011, UEFA.com, Retrieved 1. 9. 2014. 2012-yilning 22-may kuni Bayernga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safidagi ilk norasmiy uchrashuvini oʻtkazdi.
2012-yil 26-may kuni Willems Gollandiya terma jamoasi bilan Bolgariyaga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushdiOranje met Van Persie én ook Huntelaar tegen Bulgarije (Oranje with Van Persie and Huntelaar against Bulgaria) ; Voetbal International, 26 May 2012 .
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Rotterdam2010—2011"Jetro Willems „ Club matches“. Eerste Diviziya13000——1202011—2012Eerste Diviziya3000——30Jami160000000160PSV2011—2012Erediviziya2013060—2912012—2013Erediviziya2603040103402013—2014Erediviziya2841090—3842014—2015Erediviziya3023180—4132015—2016Erediviziya1521010—1722016—2017Erediviziya242105010312Jami143111213302019012Eintracht Frankfurt2017—2018„Jetro Willems“. kicker.de (in German). kicker. Bundesliga23060——2902018—2019Bundesliga22010110103502020—2021Bundesliga0000——00Jami4507011010640Newcastle United (ijara)2019—2020Angliya Premyer-ligasi19200—10202Jami faoliyati223121914404028914
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2012-yil 8 0 2013-yil 3 0 2014-yil 2 0 2015-yil 3 0 2016-yil 6 0 Jami 22 0
Yutuqlari PSV
Eredivizion: 2014—2015, 2015—2016 KNVB kubogi: 2011—2012 Johan Cruyff Shield: 2012, 2016
Eintracht Frankfurt
DFB-Pokal: 2017—2018
Niderlandiya U17
17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2011-yil
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar