Oksana (Pasha) Vladimirovna Grishuk (; 1971-yil 17-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik muz raqqosasi. U 1989-yildan 1998-yilgacha Yevgeniy Platov bilan boʻlgan juftligi bilan mashhur. Sherigi Platov bilan ikki karra Olimpiya chempioni (1994, 1998), toʻrt karra jahon chempioni (1994-1997) va uch karra Yevropa chempioni (1996-1998) boʻlgan. Oldingi sherigi Aleksandr Chichkov bilan birga 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni deb topilgan.
Faoliyati Grishuk toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan. 12 yoshida murabbiy Natalya Linichuk qo‘l ostida shug‘ullangan. Grishuk dastlab Sovet Ittifoqi vakili sifatida musobaqalarda qatnashuvchi Aleksandr Chichkov bilan juftlik hosil qilgan. 1987-yilda ular Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar. Keyingi yili juftlik ushbu musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sovet chempioni boʻlishgan. Juftlik yana bir mavsumda birga musobaqalarda ishtirok etib Gran Prix International de Paris (hozirgi Trophée Eric Bompard nomi bilan tanilgan) turnirining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Chichkov 1989-yilning yozida jarohati tufayli konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.
Grishuk Natalya Dubova guruhiga taklif qilingan va u yerda Yevgeniy Platov bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik Moskvada mashgʻulotlar olib borishgan. Uch oy oʻtgach, ular 1989-yil dekabr oyida Sovet chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 1990-yilda Jahon chempionatidagi ilk ishtirokida beshinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1992-yilgi Jahon chempionatlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Grishuk va Platov juftligi 1992 — 1993-yilgi mavsumning Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etgan holda, kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1993 — 1994-yillarda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Olimpiya chempionligiga 1994-yilgi Olimpiadada erishgan. Ular mavsumni 1994-yilgi Jahon chempionatida oʻzlarining ilk jahon chempioni unvonini egallagan holda yakunladilar. Juftlik Rossiyani tark etib, murabbiy Linichuk bilan birga Delaver shtatining Newark shahriga koʻchib oʻtishgan va shu bilan birga mashgʻulotlar va yashash sharoitlarini yaxshilashgan.
Dasturlari (Platov bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs1997-1998 Jailhouse Rock Elvis Presley Memorial Requiem Michael Nyman 1996-1997 Libertango Ástor Piazzolla The Feeling Begins Peter Gabriel 1995-1996 España cañí Muchachita Perez Prado Mambo Jambo (a.k.a. Que Rico El Mambo) Perez Prado Bogota Gil Ventura 1994-1995 Girls Girls Girls Steppinʼ Out1993-1994 Historia de um Amor Rock Around the Clock1992-1993 Aquarell St. James Infirmary Blues1991-1992 Polka Schön Rosmarin Liebesleid Kryzler & Kompany 1990-1991 Blues Blue
K. Schneider Tarantella 'O Sole Mio Funiculì, Funiculà1989-1990 Moliendo Café Hugo Blanco Sirtaki from Zorba the Greek Mikis Theodorakis
Natijalari
Platov bilan Xalqaro Musobaqa 1989-90 1990-91URS) 1991- 92 1992-93 1993-94 (RUS) 1994-95 (RUS) 1995-96 (RUS) 1996-97 (RUS) 1997-98 (RUS) Olimpiada 4 1 1 Jahon chempionati 5 4 3 2 1 1 1 1 Yevropa chempionati 5 5 3 2 2 1 1 1 CS (GP) finali 1 1 GP Trophée de France 1 1 GP NHK Trophy 2 2 1 1 GP Skate America 1 Milliy Rossiya chempionati 1 1 Sovet chempionati 3 2 1 GP = Gran-pri
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar