Piet Velthuizen (; 1986-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik darvozabon. 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasida qatnashgan.

Klublardagi faoliyati

Vitesse Velthuizen Vitessedagi debyutini 2006-yil 31-dekabrda Villem IIga qarshi oʻyinda (2:2) o‘tkazgan. Sky Sports maʼlumotlariga koʻra, 2008-yilda Yevropadagi eng istiqbolli darvozabonlar qatoriga kirgan. 2007—2008-yilgi mavsumda „Vitess“ning asosiy jamoasiga oʻtib, shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirdi.

Hércules 2010-yilning yozida Velthuizen Ispaniyaning Hércules jamoasiga 800 000 yevro evaziga qoʻshildi. Darvozabon klub bilan barcha musobaqalarda bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyin oʻtkazdi.

Vitessega qaytish Ispaniyadagi bir mavsumdan soʻng, Velthuizen yana Vitessga qoʻshildi yana asosiy darvozabonga aylandi.

Hapoel Haifa 2016-yilda Velthuizen Hapoel Haifaga qoʻshildi. Klubning asosiy darvozaboni boʻldi, oʻsha mavsumda ligada 8-oʻrinni egallashdi

Omonia Nicosia 2017-yil 17-iyulda Velthuizen Kipr birinchi divizioni vakili Omonia Nicosia klubi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 1-yanvarida 9 oʻyindan soʻng shartnomasini bekor qildi.

AZ Alkmaar Ikki mavsumdan soʻng Velthuizen ona vataniga qaytib, 2018-yil 28-avgustda AZ Alkmaarga qoʻshildi. Oʻsha mavsumda maydonga tushmadi va mavsum oxirida erkin agent boʻldi.

Telstar 2020-yil 10-fevralda, yetti oylik klubsiz qolganidan so‘ng, Eerste diviziyasi vakili Telstarga qo‘shildi. Mavsum oxirida klubni tark etdi.

Fortuna Sittard 2021-yil 26-fevralda Velthuizen Fortuna Sittardga yarim mavsumlik shartnoma asosida qoʻshildiHet is rond: Piet Velthuizen tekent bij Fortuna Sittard, sportnieuws.nl, 26 February 2021. Klubdagi debyutini ikki kundan keyin Groningenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati Velthuizen Gollandiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni 2008-yilning 21-martida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga oldi. 2009-yil 5-sentabrda Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Michel Vormning o‘rniga 2-taymda maydonga tushgan holda milliy terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. 3:0 hisobidagi g‘alabada o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari Foppe de Haan 2008-yilda Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun Velthuizenni terma jamoaga kiritgan.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLigaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVitesse2006—2007Erediviziya8000—00802007—2008Erediviziya33000——3302008—2009Erediviziya33020——3502009—2010Erediviziya33020——3502010—2011Erediviziya1000——10Jami108040—001120Hércules2010—2011La Liga3020——50Vitesse2011—2012Erediviziya29030—403602012—2013Erediviziya34000—403802013—2014Erediviziya34030—404102014—2015Erediviziya11010—001202015—2016Erediviziya0010——10Jami108080—1201280Hapoel Haifa2016—2017Isroil Premyer-ligasi2705010—330Omonia2017—2018Kipr birinchi divizioni9000——90AZ Alkmaar2018—2019Erediviziya0000——00Telstar2019—2020Eerste Diviziya0000——00Jami faoliyati2550190101202870

Terma jamoada MavsumTerma jamoaIshtirokGollar2007—2008Niderlandiya U21802008—2009Niderlandiya B302009Niderlandiya10

Manbalar

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar