Galit Chait (; Galit Hayat ; 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik muz raqqosasi. Sherigi Sergey Saxnovskiy bilan birga 1995-yildan 2006-yilgacha Isroil vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashib, 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati Chait 1990-yili sport oromgohida dars beruvchi otasi bilan Rossiyaga sayohat qilganida ilk bor muz ustida raqs sport turini oʻzida sinab ko‘rgan.
Chait 1992 — 1994-yillarda Maks Sevostianov bilan juftlikda AQShning milliy musobaqalarida qatnashgan. Juftlik 1994-yilgi AQSh chempionatida murabbiy Rene Roka bilan mashgʻulotlar oʻtagan. 1994-yilda juftlik U. S. Nationals musobaqasida 6-oʻrinni va Jahon chempionatida 28-oʻrindan joy olgan (Isroilni vakili sifatida).
Chait Sergey Saxnovski bilan Delaver universitetida oʻqib yurganida tanishib qolgan. 1995-yildan boshlab u bilan juftlik hosil qilgan. Ular Nyu-Yorkning Monsi shahriga koʻchib oʻtishdan oldin murabbiylar Lyudmila Buytskova va Yelena Maslenikova bilan dastlab Rossiyada musobaqalar uchun tayyorgarlik koʻrishgan. Juftlik xalqaro reytingda muttasil yuksalgan. Ularning faoliyatidagi eng yorqin voqea 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Sergey Saxnovski oyogʻidan jarohat olgan va bu juftlikni 2006 — 2007-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishga majbur qilgan va keyinchalik ular isteʼfoga chiqishlarini eʼlon qilgan. Juftlikka Natalya Dubova, Tatyana Tarasova, Yevgeniy Platov, Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qilgan.
Chait 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Isroil bayroqdori boʻlgan.
Chait Xalqaro konkida uchish ittifoqining texnik mutaxassisi sanaladi.
Murabbiylik faoliyati Chait quyidagi konkida uchuvchilarga murabbiylik qilgan:
Kathy Reed / Chris Reed Siobhan Heekin-Canedy / Aleksandr Shakalov Allison Reed / Otar Japaridze Yekaterina Bugrov / Vasiliy Rogov Siobhan Heekin-Canedy / Dmitriy Dun Anna Bolshem / Ronald Zilberberg Adel Tankova / Ronald Zilberberg
2010-yildan boshlab Chait figurali uchish boʻyicha Isroil jamoasining bosh murabbiyi etib saylangan.
Dasturlari (Saxnovskiy bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs2005 — 2006 Cha Cha Rhumba Samba Bolero 2004 — 2005 Quickstep: Sing, Sing, Sing Toccata and Fugue in D minor 2003 — 2004 Rock’n Roll: Keep Knocking Pagliacci Federico Fellini1998 — 1999 Waltz Rus xalq qoʻshigʻi
Natijalari GP: Chempionlar seriyasi / Gran-pri
Saknovskiy bilan Xalqaro Musobaqa 95 — 96 96 — 97 97 — 98 98 — 99 99 — 00 00 — 01 01 — 02 02 — 03 03 — 04 04 — 05 05 — 06 Olimpiada 14 6 8 Jahon chempionati 23 18 14 13 5 6 3 6 7 6 6 Yevropa chempionati 14 12 10 6 5 5 6 5 4 5 finali 4 5 5 4 4 Chinese Cup 2 2 Russian Cup 7 3 2 3 2 Lalique 5 6 Nations/Bofrost 7 5 2 NHK Trophy 7 5 3 3 Skate America 4 2 4 2 Skate Canada 2 2 4 3 Yaxshi niyat oʻyinlari 2 Skate Israel 6 2 1 1 1 1 1 Vena Cup 3 Lysiane Lauret 1 Milliy Isroil chempionati 1 1 1 1 1 1 1 1 1
Yana qarang
Yahudiy figurali uchuvchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar