Alburz ustoni (, Ostân-e Alborz) Eronning oʻttiz bir ustinidan biri boʻlib, markazi Karaj shahrida hisoblanadiMajlis extends term of councils, votes for new province, Tehran Times, Retrieved on 24 June 2010.. Alburz aholisining koʻpchiligini etnik forslar tashkil etadi.

Tehronning shimoli-gʻarbida joylashgan Alburz ustonida 7 ta okrug bor: Karaj okrugi, Savojbolog okrugi, Taleqan okrugi, Eshtehard okrugi, Fardis okrugi, Nazarobod okrugi va Chahorbogʻ okrugi. Karaj ustonning markazi hisoblanadi. Alburz Tehrondan 35km gʻarbda joylashgan. Alburz ustoni Alburz togʻlari etagida joylashgan va Eronning hududdagi eng kichik ustonidir.

Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilda Alburz aholisi 2 712 400 kishini tashkil etgan, ularning 92,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.

Shaharlar

Toleqon Nazarobod Hashtgerd Eshtehard Kuhsar Golsar Kamol Shahr Karaj Garmdarreh Fardis Meshkin Dasht Muhammad Shahr Mahdasht Safadasht Malard

Transporti

Metro — Tehron metrosi Karaj bilan 5-liniya (toʻq yashil) orqali ulanadi. ustonda 3 ta metro bekati bor: Karaj, Muhammadshahr va Golshahr. Golshahrdan Hashtgerdgacha boʻlgan boshqa yoʻnalish 25 kilometr uzunlikda boʻlib, kuniga 250 ming yoʻlovchini tashish imkoniyatiga ega. Poyezd — Tehronni Eronning gʻarbiy qismlari bilan bogʻlaydigan va Turkiyaga ketadigan barcha poezdlar Karaj orqali oʻtadi va ularning aksariyati Karaj temir yoʻl stantsiyasida toʻxtaydi. Avtobus — Karaj, Tehron va Tabrizni bogʻlaydigan 2-erkin yoʻlda qatnaydi. Umumiy taksi — Bir nechta umumiy taksi (savari) stantsiyalari Tehrondan Alburz ustonining turli qismlariga kelish imkoniyatini beradi. Stansiyalar Vanak, Tajrish, Enghelab va Azadida joylashgan. Ularning narxi yoʻnalishlariga qarab qarab 40 000 dan 50 000 rialgacha oʻzgarib turadi.

Manbalar ↑ ↑ says, Farzad (2019-03-19). Turkum:Eron ustonlari