Carlos Mario Carbonero Mancilla (; 1990-yil 25-iyulda Kolumbiyaning Bogota shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Cali“ jamoasida yarim himoyachi. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati Carlos Carbonero oʻz faoliyatini Kolumbiyaning „Academia“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik futbolchi „Atlético Huila“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yil 30-yanvarda „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero Kolumbiya A seriyasida debyut qildi. 21-fevral kuni „Deportivo Pereira“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u dubl qayd etib, yangi jamoasi safidagi ilk gollarini kiritgan. 2011-yil boshida Carlos Carbonero „Once Caldas“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va ushbu futbol klubda yozgacha oʻynagan. Oʻsha yili u Argentinaning „Estudiantes“ futbol klubiga oʻtgan. Shuningdek, 16-avgust kuni „San Lorenzo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero „Estudiantes“ futbol klubi tarkibida debyut qilgan. Yuqori raqobat tufayli u asosan zaxiradan maydonga tushgan va 2012-yilda „Arsenal“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 14-fevral kuni „Colón“ futbol klubiga qarshi bahsda Carlos Carbonero yangi klub safida debyut qilgan. 11-may kuni „San Martín“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda Carlos Carbonero „Arsenal“ safidagi ilk golini urgan.

Carlos Carbonero 2011-2012-yilgi mavsumda Klausura va keyingi yil Argentina Superkubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilning yozida Carlos Carbonero „River Plate“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-avgust kuni „Gimnasia La Plata“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. 24-sentyabr kuni „All Boys“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Carlos Carbonero oʻzining birinchi golini urgan. „River Plate“ futbol klubi bilan Carlos Carbonero ikkinchi marta Argentina chempioniga aylangan.

Oʻsha yili u „Cesena“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2014-yil 24-sentyabrda „Juventus“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Carlos Carbonero debyut qilgan. 2015-yil 4-aprel kuni „Hellas Verona“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Carlos Carbonero „Chesena“ darvozasiga ilk golini urgan. 2015-yilning yozida urugvayning „Fénix“ futbol klubi Carlos Carboneroni sotib olgan. 28-sentyabr kuni „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

2017-yil boshida Carlos Carbonero „Cortuluá“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 7-may kuni „Atlético Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qilgan. 2018-yilning yozida Carlos Carbonero „Deportivo Cali“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 7-oktyabr kuni „Patriotas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2011-yil 26-martda Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Carlos Carbonero Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2014-yilda Carlos Carbonero Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi. Turnirda u guruh bosqichida Yaponiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

Statistikasi Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAcademia2008—2009501382 - -5815Jami501382--5815Atlético Huila201041973415213Jami41973415213Once Caldas20111842090294Jami1842090294Estudiantes (L. P.)20111000020120Jami1000020120Arsenal201215100512022012—20133644160465Jami51541111667River Plate2013—20-142981060368Jami2981060368Cesena2014—201522300 - -223Jami22300--223Sampdoria2015—20161401000150Jami1401000150Cortuluá201740200060Jami40200060Deportivo Cali201860000060201980000080Jami1400000140Ferro Carril Oeste2019—202000000000Jami00000000Llaneros202060000060Jami60000060Delfines del Este202100000000Jami00000000Umumiy faoliyatida2594230626231548

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar

Turkum:Kolumbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari