Juan Fernando Quintero Paniagua (; 1993-yil 18-yanvarda Medellinda tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, yarim himoyachi. 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Quintero Rennes futbol klubi mashgʻulotlarida Quintero „Envigado“ futbol akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2007-yilda u klubning yoshlar jamoasida debyut qilgan va ikki yildan soʻng asosiy jamoaga oʻtgan. 2009-yil 6-martda „Independiente Medellin“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Kolumbiya chempionatida debyut qilgan. 12-sentabr kuni „Cúcuta Deportivo“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Envigado“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2012-yil 17-okabrda Kamerunga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Quintero Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2013-yil boshida, Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Quintero Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda u Boliviya, Ekvador, Urugvay, Argentina, Peru va ikki marta Paragvay va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Argentinaliklar, chililiklar, paragvayliklar, ekvadorliklar va peruliklarga qarshi bahslarda Juan beshta gol urgan.

Oʻsha yilning yozida Quintero Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Avstraliya, Turkiya, Salvador va Shimoliy Koreya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Salvadorliklar, turklar va koreyslarga qarshi janglarda Juan uchta gol urgan.

2014-yilda Quintero Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi. Guruh bosqichida Kot-d’Ivuarga qarshi oʻyinda Juan terma jamoadagi ilk golini urgan.

2018-yilda Quinteroda u Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Yaponiya, Polsha, Senegal va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yaponiyaliklarga qarshi kechgan bahsda Juan jarima zarbasidan gol urgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaEnvigado F. C.20091111——111120101832940—277220111413320—1613 Jami435611400005496Atlético Nacional201215226207012843 Jami15226207012843Pescara2012—20131712——1712 Jami17120000001712Porto2013—2014224470150034452014—2015202751250230311 Jami426111213100264716Stade Rennes2015—20161212200—1412 Jami12122000001412Independiente Medellín201725138610522361610 Jami25138610522361610River Plate2017—20181312—40217142018—201916611201221291022019—2020121120110015122022191513634003678 Jami609916842123971916Shenzhen202121170000002117 Jami21170000002117Umumiy faoliyatida23439465216743483295861

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Copa Sudamericana turnirida gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari