Andrejs Štolcers (; 1974-yil 8-iyulda tugʻilgan) — Latviyalik sobiq professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Latviyaning Riga shahrida tugʻilgan Štolcers faoliyatini Riganing „Olimpia“ jamoasida boshlagan. 1992-yildan 1994-yilgacha 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan. 1996-yilda Skontoga oʻtdi va bir mavsumda 15 ta gol urdi.

1997-yilda Ukrainaning FC Shakhtar Donetsk klubiga oʻtgan va klubda uch yil davomida 48 oʻyin oʻtkazib, 14 gol urgan. 2000-yil iyul oyida Rossiyaning Spartak jamoasiga qoʻshildi. 12 oʻyinda beshta gol urdi va oʻsha yilning dekabr oyida Angliyaning Fulham klubi bilan shartnoma imzoladi. Štolcers West Bromwich Albion (debyutida) va Watfordga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi. Keyingi uch mavsum davomida atigi oʻnta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq, 2002-yil noyabrida Liga kubogi bahsida Buryga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. 2004-yilda Yeovil Town safiga kelib qoʻshildi. Ligada 36 ta oʻyin oʻtkazdi va barcha musobaqalarda 7 ta gol urdi. 2005-yilda Angliyani tark etdi va Ozarbayjonda FK Baku bilan shartnoma imzoladi. Klubda bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urdi.

2006-yilda vatani Latviyaga qaytib, Skonto Riga jamoasiga qoʻshildi. Kelgusi mavsumda 16 oʻyinda uchta gol urdi. 2007-yilda JFK Olimps Rigaga qoʻshildi. 2007-yildan 2009-yilgacha 22 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi.

2009-yilda yana bir bor Latviyani tark etdi, Bath City jamoasiga qoʻshildi. Klubda sakkizta oʻyinda bitta gol urdi. 2010-yilda Štolcers Hayes & Yeading Unitedga qoʻshildi. Klubda oʻzining soʻnggi mavsumida toʻqqizta oʻyinda bitta gol urdi va isteʼfoga chiqdi

Xalqaro faoliyati Štolcersning Latviya terma jamoasidagi xalqaro debyuti 1992-yil 26-avgustda Daniyaga qarshi o‘yinda (0:0) bo‘lgan. 81 ta oʻyinda oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan va 7 ta gol urgan. 2004-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLuga kubogiQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarShakhtar Donetsk1997—1998Vyshcha Liha134---1341998—1999216-21-2371999-2000154-42-196Jami49140063005517Spartak Moscow2000Rossiya oliy divizioni125-30-125Fulham2000—2001Birinchi divizion1521010--1722001—2002Angliya Premyer-ligasi501000--602002—200350002020-902003—2004000010--10Jami25220402000332Yeovil Town2004—2005Ikkinchi liga3645110-11436Baku2005—2006Ozarbayjon oliy ligasi104-21-125Jami faoliyati1322971501341015834

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Latviya 1994-yil 2 0 1995-yil 2 0 1996-yil 7 0 1997-yil 14 1 1998-yil 6 2 1999-yil 8 1 2000-yil 7 1 2001-yil 8 1 2002-yil 8 1 2003-yil 11 0 2004-yil 4 0 2005-yil 4 0 Jami 81 7 +Andrejs Štolcers tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1997-yil 25-iyun „Daugava“ stadioni, Riga, Latviya 1—0 4—1 Doʻstona 2 1998-yil 6-sentyabr Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya 2—1 3—1 Yevro 2000 saralashi 3 1998-yil 10-oktyabr „Daugava“ stadioni, Riga, Latviya 1—0 1—0 Yevro 2000 saralashi 4 1999-yil 4 sentyabr Qemal Stafa stadioni, Tirana, Albaniya 3—1 3—3 Yevro 2000 saralashi 5 2000-yil 4 fevral Pafiako stadioni, Pafos, Gretsiya 1—3 1—3 2000-yil Kipr xalqaro turniri 6 2001-yil 24 mart Stadion Gradski vrt, Osijek, Xorvatiya 1—3 1—4 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 7 2002-yil 17-aprel Ventspils Olimpiskais Stadions, Ventspils, Riga 2—1 2—1 Doʻstona

Yutuqlari Skonto FK

Virsliga: 1996-yil

Fulxem

Futbol Ligasi Birinchi Divizion: 2000—2001

FK Boku

Ozarbayjon oliy ligasi: 2005—2006

Individual

Latviya ligasining eng yaxshi yarim himoyachisi: 1993-yil

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Latviyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar