Xitoy – Maldiv orollari munosabatlari Xitoy Xalq Respublikasi va Maldiv orollari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sanaladi. Xitoyning Male shahrida elchixonasi bor, Maldiv orollari esa 2009-yilda Xitoy poytaxti Pekinda elchixonasini ochgan. Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1972-yilda oʻrnatilgan.

Yuqori darajadagi tashriflar 2011-yil may oyida Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi va Siyosiy byuro qoʻmitasining doimiy aʼzosi Vu Bangguo Maldiv orollariga tashrif buyurdi. 2012-yil oktabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi Li Changchun, Maldiv Prezidenti Muhammad Vahid Hasan bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2014-yil sentyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi raisi va Bosh kotibi Si Tszinpin Maldiv prezidenti Abdulla Yamin bilan uchrashdi.

Hindiston reaksiyasi Hindiston hukumati Xitoyning Maldiv orollarida kuchayib borayotgan taʼsiridan, Xitoyning Maldivning Marao shahrida harbiy bazasini tashkil etish niyatidan xavotir bildirdi.

Maldiv orollarining Gonkong bilan munosabatlari 2016-yilda Maldiv orollari hamda Gonkong oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi. Kelishuvning asosiy qoidalari: bojlarni bekor qilish yoki kamaytirish, tarifsiz toʻsiqlarni liberallashtirish, oʻzaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, investitsiyalarni himoya qilish va ragʻbatlantirish, savdoni erkinlashtirish, nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmini yaratish asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Maldiv orollari hamda Gonkong oʻrtasidagi munosabatlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlarga bogʻliq, ammo xalqaro jamiyatda Gonkong erkin holatda boshqa davlatlar bilan savdo bitimlarini imzolash imkoniyatiga ega emas

Manbalar

Maldic Turkum:Maldiv Respublikasi