Jeffrey Chen (talaffuzi: Jeffri Chen; 2002-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Katarina Wolfkostin bilan birga 2021-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSH chempioni, 2021-yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining chempioni, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempionatining kumush medali va 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Jeffrey Chen 2002-yil 21-iyulda Kaliforniyaning Fremont shahrida tayvan oilasida tug‘ilgan. Uning opasi Karen ham yakka holda konkida uchadi.
Faoliyati Jeffrey Chen 2019-yilda Katarina Wolfkostin bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Michigan shtatining Novi shahrida Igor Shpilband va Pasquale Camerlengo. murabbiylik qilgan. Juftlik oʻzlarining 2019 -yilgi Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining debyutida beshinchi oʻrinni egallagan. Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida erkin raqs namoyishida ikkinchi o‘rinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan jamoalar oʻrtasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Juftlik 2020-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etish huquqini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun U. S. Ice Dance musobaqasining finalida gʻolib boʻlgan.
Wolfkostin / Chen juftligi 2019-yilgi „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida ilk xalqaro medalini qo‘lga kiritib, rossiyalik Ushakova / Nekrasov juftligidan keyin kumush medal bilan taqdirlangan.
Wolfkostin / Chen juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi uchun tanlanib olingan. Juftlik Olimpiadada rossiyalik Xavronina / Cirisano va Tyutyunina / Shustitskiy juftligidan ortda qolib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlikning medali AQSh terma jamoasi tomonidan 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi medal boʻlgan. Wolfkostin / Chen juftligi yakka holda konkida uchuvchi janubiy koreyalik Cha Young-hyun va finlandiyalik Nella Pelkonen hamda kanadalik juftlikda konkida uchuvchi Brooke McIntosh / Brandon Toste juftliklari bilan birgalikda jamoaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun saralashda ishtirok etgan.
Dasturlari
Katarina Wolfkostin bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2022 — 2023 Lagoa Summer in the Ends Hot Oil, No Sweat Magalenha Light of Love Dog Days Are Over 2021 — 2022 Speechless/Human Nature Diamonds Are Invincible Human Nature Smooth Criminal Rain, In Your Black Eyes 2020 — 2021 Everything Old is New Again Exogenesis: Symphony Part III2019 — 2020 Everything Old is New Again How Will I Know Fire on Fire
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Katarina Wolfkostin bilan Xalqaro Musobaqa 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23 Fransiya 8 NHK 10 Budapesht 3 Avstriya kubogi 9 US Classic 6 Lake Placid IDI3 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 7 4 Olimpiada 3 finali C Fransiya 5 1 Rossiya 4 Sloveniya 2 Milliy AQSh chempionati 2-J 1-J 6 US Ice Dance 1-J ISP Points Challenge 1-J WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Figurali uchuvchilar