Charlie Bilodeau (talaffuzi: Charli Bilodo; 1993-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi.
Sobiq sherigi Julianne Séguin bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.
Charlie yana bir sobiq sherigi Lyubov Ilyushechkina bilan birga 2019 Chinese Cup turnirida, 2019 CSFinlandia Trophy turnirida hamda 2020-yilda Kanada milliy chempionatida ishtirok etib bronza medali sohibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Charlie Bilodeau 1993-yil 6-avgustda Kanadaning Kvebek shtatidagi Rimouski shahrida tugʻilgan.
Faoliyati Bilodeau 1996-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2012-yil noyabr oyida Segin bilan juftlik hosil qilgan.
2013—2014-yilgi mavsum Séguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan.
2014—2015-yilgi mavsum 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Dasturlari
Segin bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017—2018 Everybody Wants to Rule the World Whereʼs My Love 2016—2017 Monde Inversé
Skokiaan Cinema Paradiso 2015—2016 Monde Inversé A Whiter Shade of Pale 2014—2015 The Grand Budapest Hotel s’Rothe-Zäuerli The Family Desgoffe und Taxis In Your Eyes Wallflower
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Segin bilan Xalqaro Musobaqa 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18 18—19 Olimpiada 9 Jahon chempionati 8 WD 11 22 Toʻrt qitʼa WD finali 4 5 Finlandiya WD Fransiya 3 WD NHK 4 Rostelecom 5 5 Skate America 3 1 Autumn Classic 1 3 Nebelhorn 5 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati WD 2 finali 1 Belarusiya 4 Chexiya 4 1 Germaniya 1 Milliy Kanada chempionati 2-J 3 2 WD 2 J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar