Pavel Kadeřábek (; 1992-yil 25-aprelda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenhaim klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, Chexiya terma jamoasida 8 yil oʻynagan. Ilgari U19 terma jamoasini himoya qilgan. 2011-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida Chexiya milliy terma jamoasi safida ishtirok etgan. Musobaqada mamlakatining barcha beshta oʻyinini oʻtkazgan.
Klublardagi faoliyati 2010-yil avgust oyida Kadeřábek 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichida MŠK Žilinaga qarshi oʻyinning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qilgan.
Avvallari Chexiya 2. Ligasida „Sparta“ning o‘rinbosarlari safida o‘ynagan, 2011-yil avgustida, Kadeřábek Chexiya birinchi ligasi vakili Viktoria Žižkovga ijaraga berildi.
2015-yilning 17-iyunida TSG 1899 Hoffenheimga 4 yillik shartnoma asosida qo‘shildi.
Xalqaro faoliyati Kadeřábek birinchi marta 2013-yilning avgust oyida Gollandiyaga qarshi oʻyin oldidan Chexiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. 2015-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida Chexiya U21 jamoasini himoya qildi va Pragadagi Eden Arenada Daniyaga qarshi oʻyinda (1:2, magʻlubiyat) turnirning ilk golini kiritdi.
Kadeřábek Chexiya terma jamoasi safida 2014-yilning 21-may kuni Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. Chexiya terma jamoasi safidagi ilk golini 2014-yil 16-noyabrda Islandiyaga qarshi UEFA Yevro-2016 saralashida (2:1) kiritdi.
2016-yilning iyun oyida Kadeřábek murabbiy Pavel Vrbaning Fransiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2016 turniri uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi.
2022-yilning 10-martida Kadeřabek sogʻligʻi sababli xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Shaxsiy hayoti 2014-yilda Kadeřábek chexiyali goʻzali Tereza Chlebovská bilan ishqiy munosabatlarni boshladi. Juftlikning 2016-yil 2-sentyabrda tug‘ilgan qizi Ema bor. 2017-yil iyun oyida turmush qurishishdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Prague B2009—2010Chexiya ikkinchi ligasi20———202010—2011201———2012011—2012121———121Jami342———342Viktoria Žižkov (ijara)2011—2012Chexiya birinchi ligasi11010——120Sparta Prague2010—2011Chexiya birinchi ligasi00002000202011—2012201000—302012—20131923290—3142013—20143057120—3962014—20152531012010393Jami761012325010114131899 Hoffenheim2015—2016Bundesliga28010——2902016—201723010——2402017—20182821051—3432018—20192931161—3652019—202030231——3332020—20212001020—230Jami158782132—17911Jami faoliyati279192153821033926
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Chexiya Respublikasi 2014-yil 7 1 2015-yil 7 1 2016-yil 12 0 2017-yil 4 0 2018-yil 6 1 2019-yil 6 0 2020-yil 3 0 2021-yil 3 0 Jami 48 3
Xalqaro gollari
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 16-noyabr Doosan Arena, Plzen, Chexiya 1 — 1 2—1 UEFA Yevro-2016 saralashi 2. 2015-yil 13-oktyabr Amsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya 1 — 0 3—2 3. 2018-yil 26-mart Guangxi sport markazi, Nannin, Xitoy 4 — 1 4—1 2018 Xitoy kubogi
Yutuqlari AC Sparta Praha
Chexiya kubogi: 2013—2014 Chexiya Birinchi ligasi: 2013—2014
Chexiya U19
19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrinchisi: 2011-yil
Manbalar
Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar