Luciano Vietto (; 1993-yil 5-dekabrda Argentinaning Kordoba shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Al-Hilal“ futbol klubida hujumchisi.
Klublardagi faoliyati Luciano Vietto „Independiente de Balnearia“ va „Estudiantes“ futbol maktablari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilgacha „Racing“ murabbiyi Klaudio Vivas futbolchini klubning yoshlar jamoasiga taklif qilgan. 2011-yil 27-oktabrda „Lanús“ futbol klubiga qarshi Vyetto Argentina premyer ligasida ilk o‘yinini o‘tkazgan. Keyingi mavsumdan boshlab Luciano „Vietto“ jamoaning asosiy hujumchisiga aylangan. 2012-yil 4-sentabr kuni „San Martín“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda hujumchi „Racing“ futbol klubi safida ilk gollarini urib, xet-trik qayd etgan.
2014-yilning yozida Luciano Vietto Ispaniyaning „Villarreal“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 5,5 million yevroni tashkil qilgan. U La Ligadagi debyutini 24-avgust kuni „Levante“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan va ikkinchi boʻlimda Jovani dos Santos oʻrniga maydonga tushgan. 21-sentabr kuni „Rayo Vallecano“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Luciano Vietto ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.
2015-yilning yozida Luciano Vietto „Juventus“ futbol klubiga ketgan Mario Manjukich oʻrniga „Atlético Madrid“ futbol klubiga oʻtgan.
21-avgust kuni „Espanyol“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Luciano Vietto yangi jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Luciano Vietto „Sevilla“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.
2017-yil qishda „Valencia“ futbol klubi Luciano Viettoni 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olganini eʼlon qilgan. 6-yanvar kuni „Girona“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Santi Mina oʻrniga maydonga tushgan va yangi klubda debyut qilgan. 11-fevral kuni „Levante“ futbol klubiga qarshi bahsda Luciano Vietto „Valencia“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2012-yil dekabr oyida Luciano Vietto Argentina yoshlar terma jamoasining Amerika kubogi musobaqasiga qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Chili, Paragvay, Boliviya va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Boliviyaliklar va paragvayliklarga qarshi bahslarda Luciano Vietto ikkita gol urgan.
Statistika Jamoa MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRacing Club2011—20122010—302012—20133213001033132013—2014355—10365Jami691810207218Villarreal C. F.2014—20153212401284820Jami3212401284820Atlético de Madrid2015—201619141512832017—2018602020100Jami2516171383Sevilla F. C. (ijara)2016—201721633512910Jami21633512910Valencia C. F. (ijara)2017—201814253—195Jami1425300195Fulham F. C. (ijara)2018—201920120—221Jami2012000221Sporting C. P.2019—202024452723682020—202131—2051Jami2755292419Al-Hilal Saudi F. C.2020—202127420623562021—202213211—143Jami4063162499Al-Shabab2021—20223210—42Jami32100042Umumiy faoliyatida25153298411232277
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar