Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 4247 ta xonadonda 11041 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1800 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 5,99 kvadrat kilometr (2,31 milya) ga teng.
Geografiyasi Asahi Mi prefekturasining shimoli-sharqida joylashgan. Maydoni boʻyicha Mie prefekturasidagi eng kichik munitsipalitet hisoblanadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar Mie prefekturasi
Yokkaichi Kuvana Kavagoe
Iqlimi Asahi nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Asahida oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1656 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,6 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 3,5 °C atrofida boʻladiAsahi climate data. thumb|left|Demografiyasi Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraAsahi population statistics, Asahi aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida tez koʻpaygan.
Tarixi Asahi Yayoi davridan buyon rivojlanib kelmoqda va Asuka davrida Jinshin urushi janglaridan biri oʻtkazilgan hudud boʻlgan. Meiji davrida Asahi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Mie prefekturasining Asake tumanida tashkil etilgan qishloqlardan biri edi. Asake tumani 1896-yilda tugatilib, Mie tumani bilan birlashtirildi. Asahi qishlogʻi 1957-yil 17-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Hukumat Asahi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 11 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Asahi Mie tumanining boshqa munitsipalitetlari bilan birga Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotda Toshiba kompaniyasiga tegishli yirik zavod ustunlik qiladi, u (shoʻba kompaniyalar bilan birga) mahalliy ishchi kuchining yarmidan koʻprogʻini ish bilan taʼminlaydi.
Taʼlim tizimi Asahida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori taʼlim maktab mavjud emas.
Transport
Temir yoʻl 20x20px JR Tokai — Kansay magistral liniyasi
Asahi
20x20px Kintetsu temir yoʻli Kintetsu temir yoʻli — Nagoya liniyasi
Ise-Asahi
Magistral yoʻl
link=|alt=E1A|24x24px Isevangan ekspress yoʻli Milliy yoʻnalish 1
Taniqli odamlar
Akihiro Sato, professional futbolchi Galereya
Manbalar
Havolalar
Asahi rasmiy sayti
Turkum:Mie prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Asahi (Mie) Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda