Pinar Deniz — Turk aktrisasi. 1993-yil 4-noyabrda Turkiya davlati, Adana viloyatida tugʻilgan.

Hayoti va faoliyati U 1993-yil 4-noyabrda Adanada asli arab oilasida tug‘ilgan va ikki yoshidan Istanbul shahrida ulgʻaygan. Istanbul universitetining jamoatchilik bilan aloqalar va reklama boʻlimini tamomlagan. U 2014-yilda Star TV telekanilda namoyish etilgan Sil Baştan teleserialida Evrim obrazini gavdaltirishi orqali ilk aktrisalik tajribasiga ega boʻlgan. Shuningdek u xonanda Murat Dalkilichning Ya'ni qoʻshigʻining klipida oʻynagan. 2016-2018-yillar oraligʻida Kanal Deniz telekanalida namoyish etilgan Vatanim Sensin serialida Yulduz obrazini gavdalantirgan. U 2018-yilda FOX telekanalida Berk Cankat bilan bosh roʻlni Bir Deli Ruzgar teleserialida Go‘kche obrazini ham gavdalantirgan. U Netflix platformasida namoyish etilgan Sevgi 101 serialida Burju obrazini gavdalantirgan. Bugun 2021-yilda Turkiyaning Kanal D telekanalida namoyish qilina boshlagan „Jeylin Erguvan“ obrazini gavdalatirayotgan „Hukum“ serialida, „Sevgi101“ da bosh rolni ijro etgan Kan Urganjiog‘li bilan bosh rollarni gavdalantirishmoqda.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar