Maxwell Johannes Domi () (1995-yil 2-martda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkeychi. Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi tarkibiga 2013-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichida umumiy 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati
Havaskor Maxwell Domi „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi safiga 2011-yili Ontario xokkey ligasi (OHL) loyihasida sakkizinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Keyinchalik, Maxwell Domi „London Knights“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2011-yil 23-sentyabrda Maxwell Domi „Saginaw Spirit“ klubiga qarshi OHLdagi ilk oʻyinida xet-trik qayd etdi. Shundan soʻng, Maxwell Domi 2013-yilgi NHL kirish loyihasida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Professional
Arizona Coyotes Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ klubiga qabul qilinganidan soʻng, 2013-yil 14-iyulda „Phoenix Coyotes“ klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, u klubning AHL filiali „Arizona Cyotes“ xokkey jamoasiga yuborildi.
Monreal Canadiens 2018-yil 15-iyun kuni Maxwell Domi Alex Galchenyuk evaziga „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. Ertasi kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan ikki yillik 6,3 million dollarlik shartnoma imzoladi. 19-sentyabr kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi mavsumoldi oʻyinida Maxwell Domi shaybasi bilan „Florida Panthers“ klubi himoyachisi Aaron Ekbladga zarba berdi. Natijada Domi mavsumning qolgan qismiga diskvalifikatsiya qilindi.
2018-yil 17-oktyabr kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ klubi uchun birinchi golini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) kiritdi. Maxwell Domi 2018-2019-yilgi mavsumni 72 ochko bilan yakunladi.
Kolumbus Blue Jackets 2020-yil 6-oktyabrda Maxwell Domi hujumchi Josh Anderson evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi. 7-oktyabr kuni Domi klub bilan ikki yillik 10,6 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Carolina Hurricanes Maxwell Domi 2022-yil 21-martda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Maxwell Domi klub safida oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chicago Blackhawks 2022-yil 13-iyulda Maxwell Domi erkin agent sifatida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik 3 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011Don Mills FlyersGTHL3027305745—————2010—2011St. Michaelʼs BuzzersOJHL21120—————2011—2012London KnightsOHL622128494819459102012—2013London KnightsOHL643948877121112132262013—2014London KnightsOHL61345993909461082014—2015London KnightsOHL573270102669549162015—2016Arizona CoyotesNHL8118345272—————2016—2017Arizona CoyotesNHL599293840—————2017—2018Arizona CoyotesNHL829364573—————2018—2019Montreal CanadiensNHL8228447280—————2019—2020Montreal CanadiensNHL71172744351003382020—2021Columbus Blue JacketsNHL549152475—————2021—2022Columbus Blue JacketsNHL539233237—————2021—2022Carolina HurricanesNHL1925718143364NHL jami5011012133144302436912
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2012-yil Kanada Ontario U17 6 3 4 7 14 2012-yil Kanada IH18 5 3 4 7 2 2015-yil Kanada WJC 7 5 5 10 4 2016-yil Kanada WC 10 1 0 1 4 Oʻsmirlar safida 18 11 13 24 20 Kattalar safida 10 1 0 1 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari