James Robert Perch () (1985-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, u „Mansfield Town“ jamoasida himoya va yarim himoyada sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

Nottingham Forest Perch, Nottingemshire shtatining Mansfield shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini Nottingham Forestda boshlagan. U oʻzining debyut mavsumida 22 oʻyinida maydonga tushdi, Forest „Futbol Ligasi chempionati“dan tushib ketdi. Uning birinchi professional goli oʻsha mavsumda, „Futbol Ligasi kubogi“ning 3-raundida Doncaster Roversga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida kiritildi. Birinchi mavsumdan soʻng u qolish muddatini yana 2 yilga uzaytirish uchun yangi shartnoma imzoladi. U ligaga yangi koʻtarilgan "Newcastle United"ga oʻtishdan oldin Forest uchun 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.

Newcastle United 2010-yil 5-iyulda Perch "Newcastle United" bilan toʻrt yillik shartnoma asosida taxminan 1 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Forest oʻsha yilning yanvar oyida „Newcastle“ning transfer taklifini rad etgan edi. U „Newcastle“ safida 2010-yilning 16-avgustida "Manchester United"ga qarshi oʻyinda (3:0) magʻlubiyatga uchragan. 2010-yil 18-sentabrda u ligadagi dastlabki beshta o‘yinda beshta sariq kartochka olgan birinchi futbolchi bo‘lib, Premer-liganing yangi rekordini o‘rnatdi. Uning „Newcastle“dagi yagona goli Premer-ligada „Old Trafford“da "Manchester United"ga qarshi oʻyinda kiritildi, ammo, jamoa 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Wigan Athletic 2013-yilning 3-iyulida Perch yaqinda Angliya kubogi sohibi boʻlgan „Wigan Athletic“ga o‘tib, klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi oshkor etilmagan, biroq 750 ming funt atrofida boʻlishi taxmin qilingandi. Perch 2013-yilning 3-avgustida „Wigan“ uchun ligadagi debyutini mehmonda „Barnsley“" ustidan 4:0 hisobida o‘tkazdi„Barnsley 0-4 Wigan“ BBC Sport. 3 August 2013. . U klubdagi ilk golini 2014-yilning 9-martida Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Manchester City"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritib, „Wigan“ga ketma-ket ikkinchi yil Angliya kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi„Manchester City 1-2 Wigan“ BBC Sport. 9 March 2014. .

Queens Park Rangers 2015-yilning 31-iyulida Perch Chempionshipning „Queens Park Rangers“ klubi bilan nomaʼlum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. Perch oʻzining debyutini 2015\2016-yilgi chempionat mavsumining birinchi oʻyinida oʻtkazdi, natijada „Charlton Athletic“ga qarshi 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, u butun oʻyin daqiqasini oʻynadi.

Scunthorpe United U 2018-yilning avgustida „Scunthorpe United“ga kelib, ikki yillik shartnoma imzolaganJames Perch: Scunthorpe United sign former QPR midfielder BBC Sport. 1 August 2018. .

Mansfield Town Perch 2020-yil avgust oyida o‘zining tug‘ilgan shahri „Mansfield Town“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2021-yil avgust oyida bosh suyagini sindirib olgan, bu esa uni 2021\2022-yilgi mavsumda maydonga tusha olmasligiga sabab bo‘lgandi. Perch 2022-yilning yanvarida kutilganidan tezroq mashgʻulotlarga qaytdi. va 15-mart kuni Port „Vale“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNottingham Forest2004—2005Chempionship2203031—2812005—2006Birinchi liga3832000004032006—2007Birinchi liga4654000515562007—2008Birinchi liga3002010103402008—2009Chempionship3733020—4232009—2010Chempionship171200020211Jami19012160618122014Newcastle United2010—2011Angliya Premyer-ligasi1301010—1502011—2012Angliya Premyer-ligasi2501020—2802012—2013Angliya Premyer-ligasi271101090381Jami651304090811Wigan Athletic2013—2014Chempionship4006100715322014—2015Chempionship4131000—423Jami813710071955Queens Park Rangers2015—2016Chempionship3501010—3702016—2017Chempionship3201020—3502017—2018Chempionship700000—70Jami7402030—790Scunthorpe United2018—2019Birinchi liga4121110204532019—2020Ikkinchi liga301101040361Jami713212060814Mansfield Town2020—2021Ikkinchi liga293101010323Karyerada jami5102231216131258827

Yutuqlari Nottingham Forest

Futbol ligasi 1-o‘rin: 2007—2008

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari