Mangeym, Manxaym — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 308,9 ming kishi (1998). Lyudvigsxafen shahri bilan birga sanoat aglomeratsiyasini tashkil etadi. Nekkar daryosi Reyn daryosiga quy-ilish joyidagi port. Mashinasozlik (stanoksozlik va avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektrotexnika), kimyo, toʻqimachilik, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Rangli metallurgiya rivojlangan. Metalldan quyma buyumlar, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Un-t, muzeylar (Kunstxalle, Reys) bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 766 yildan tilga olingan. 1607-yildan shahar maqomini olgan. XVIII asrga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Mannheim Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahar. Ushbu shahar Maydoni — 144,96 km2. 313 174 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Germaniyaning sanoati koʻp boʻlgan shaharlaridan biri. Ludwigshafen va Heidelbergga yaqin. Bu yerda Berlindagi kabi turklar koʻp yashaydilar.

Hoqon Chalhonoʻgʻli (:en:Hakan Çalhanoğlu) Germaniya va Turkiya futbol oyinchisi va Bayer 04 klubi yarim himoyachisi.

Geografiyasi Hududi Mannheimning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Baden-Vyurtemberg shaharlari