Oʻzbekiston Superligasi (2017-yilgacha — Oliy liga) — Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga mavsumi yakunida oxirgisidan ikkita avvalgi oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi yilgi mavsumda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan Elita Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Tarixi Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda Paxtakor va Neftchi bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.

OFK milliy ligasi jadvali 2026-yil iyun holatiga koʻra, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) milliy liga jadvalida (UEFA koeffitsiyentlar jadvalining analogi) Oʻzbekiston Superligasi toʻqqizinchi oʻrinda turadi. Oʻzbekiston reytingi Oʻzbekiston Superligasidan bitta ishtirokchiga OFK Elita Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kafolatlangan bitta oʻrin va OFK Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichida yana bitta oʻrin beradi.

OFK reytingi 2026-yil uchun Reyting Davlat 2017(x 0.3) 2018(x 0.4) 2019(x 0.5) 2021(x 0.6) 2022(x 0.7) 2024(x 0.8) 2025(x 0.9) 2026(x 1) Jamiochkolar Faolklublar 2027/28-yilgi savat(Gol+pas) ACLE ACL2 ACGL 1 18.600 10.000 26.350 20.950 19.075 27.100 34.542 31.100 132.545 0/4 3+2 1+0 - 2 21.850 13.850 21.800 17.875 20.088 21.350 27.970 30.375 120.410 0/4 3+2 1+0 - 3 9.950 18.350 13.600 22.750 15.800 22.350 14.762 14.333 87.334 0/4 3+1 1+0 - 4 11.350 8.100 7.633 14.400 8.083 25.500 16.400 19.550 79.470 0/4 3+1 1+0 - 5 16.200 18.850 11.500 14.225 13.250 9.300 13.274 16.102 71.449 0/3 3+0 1+0 - 6 13.400 19.850 15.900 7.300 13.500 8.100 14.701 15.896 69.347 0/4 2+0 1+0 - 7 15.050 16.200 5.050 8.500 11.110 8.567 14.875 16.208 62.846 0/4 3+0 1+0 - 8 24.567 16.200 17.350 0.800 0.500 11.900 10.250 7.383 49.483 0/4 2+0 1+0 - 9 5.900 7.300 2.600 0.000 7.900 10.593 12.796 17.667 49.178 0/2 1+1 1+0 - 10 5.050 9.400 9.000 8.960 10.057 11.250 10.333 6.760 47.251 0/2 1+1 1+0 - 11 4.395 3.633 4.450 4.000 9.677 6.213 15.511 12.083 45.184 0/2 1+0 1+0 - 12 4.900 7.633 7.967 4.893 6.000 5.415 12.000 12.555 43.330 0/2 1+0 1+0 - 13 8.933 8.633 8.300 3.250 7.450 7.473 8.500 11.086 42.163 0/2 0+1 1+0 - 14 5.138 5.617 4.133 0.000 3.253 3.640 14.833 14.500 38.894 0/2 0+1 1+0 - 15 2.800 3.267 10.752 6.000 5.300 5.400 11.333 8.667 38.020 0/2  — 1+1 - 16 3.467 1.633 2.500 5.510 5.215 7.020 7.583 7.207 29.548 0/2  — 1+1 - 17 2.200 1.583 1.433 0.000 6.795 9.780 9.000 6.722 29.412 0/2  — 1+1 - 18 0.000 0.000 3.433 7.070 4.160 3.165 8.075 9.572 28.242 0/2  — 1+1 - 19 1.683 2.250 1.000 0.000 2.070 5.620 11.000 10.100 27.850 0/2  — 1+1 - 20 0.000 4.100 5.045 0.000 3.960 3.560 7.204 11.033 27.299 0/2  — 1+1 - 21 4.483 7.583 5.267 3.125 2.640 3.463 7.450 6.494 26.704 0/3  — 0+1 1+0 22 1.750 3.300 3.650 7.333 6.587 4.900 3.333 4.333 23.933 0/2  — 0+1 0+1 23 12.900 4.433 3.000 4.970 2.493 2.230 3.276 5.774 22.377 0/2  — 0+1 1+0 24 1.400 0.150 2.433 0.835 0.565 11.830 4.600 6.158 22.355 0/2  —  — 1+0 25 0.833 3.933 6.933 2.670 1.525 4.840 4.500 5.806 21.687 0/2  —  — 0+1 26 6.250 4.417 3.217 3.677 4.797 3.453 6.500 1.338 20.765 0/1  —  — - Musobaqa formati Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va dekabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko beriladi, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblanadi, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U21 chempionatining yakuniy oʻyini ham oʻtkaziladi.

Klublar Oʻzbekiston klublari ichida eng koʻp sovrindor jamoa — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 16 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medalga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, Nasaf 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.

Superligada legionerlar limiti OʻzPFL musobaqalari uchun klub 6 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ularning hammasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlari Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida Bunyodkor sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi — Anvar Berdiyev sanaladi. Neftchi jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa — Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan. Eng koʻp xet-trik (bir oʻyinda uchta gol kiritgan) qayd etgan futbolchi — Zafar Xolmurodov hisoblanadi. Dragan Ćeran va Artur Gevorkyan ikki martadan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Mavsumlardagi sovrindorlar Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi.

Sovrindor klublar „Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar — „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.

Liganing barcha davrlardagi jadvali, 1992—2025-yilgi mavsum25 ta Oʻzbekiston chempionatining umumiy jadvali, 30 November 2016

1Paxtakor 34 2157 988 665 162 161 2174 836 16 7 2 1 2Neftchi Fargʻona 31 1729 910 522 163 225 1711 992 6 9 1 1 3Navbahor Namangan 34 1580 988 454 218 316 1585 1144 1 1 11 1 4Nasaf Qarshi 29 1550 836 455 185 196 1398 847 1 4 12 1 5Buxoro 30 1121 884 329 163 392 1148 1325 0 1 0 2 6Soʻgʻdiyona Jizzax 30 1073 876 301 170 405 1094 1367 0 1 1 2 7Bunyodkor 19 1039 528 307 118 103 903 461 5 3 1 1 8Andijon 29 980 848 265 185 398 1105 1369 0 0 0 5 9Dinamo Samarqand 27 953 788 269 146 373 989 1139 0 0 0 4 10Qizilqum-Zarafshon 26 934 742 255 169 318 875 1058 0 0 1 3 11Metallurg-Bekobod 27 921 772 251 168 353 917 1150 0 0 0 5 12Lokomotiv-Toshkent 19 859 528 249 112 167 823 610 3 4 1 1 13Mashal-Muborak 20 770 568 221 107 240 684 779 0 1 1 2 14Olmaliq 18 705 478 199 108 191 708 671 0 1 2 2 15Qoʻqon 1912 18 655 536 186 97 253 684 912 0 0 0 5 16Traktor-Tashkent 16 621 490 178 87 225 684 814 0 0 0 4 17Surxon-Termiz 19 607 560 167 106 287 620 975 0 0 0 6 18Doʻstlik 11 559 346 169 52 125 669 532 2 0 0 1 19Shoʻrtan-Gʻuzor 13 398 370 112 62 196 420 623 0 0 0 4 20MHSK 7 362 216 106 44 66 420 335 1 1 1 1 21Xorazm 9 257 278 69 50 159 314 557 0 0 0 7 22Zarafshon Navoiy 6 217 196 60 37 99 236 355 0 0 0 9 23Yangiyer Sirdaryo 7 205 216 56 37 123 266 385 0 0 0 10 24Orol Nukus 5 155 164 44 23 97 171 329 0 0 0 11 25Kosonsoy Namangan 5 145 156 40 25 91 171 305 0 0 0 8 26Guliston Sirdaryo 5 119 154 34 17 103 142 340 0 0 0 14 27Atlaschi Margʻilon 4 118 124 34 16 74 149 280 0 0 0 7 28Chirchiq 4 103 122 26 25 71 130 240 0 0 0 14 29Toʻpalang-Sariosiyo 3 96 86 28 12 46 103 146 0 0 0 9 30Kimyogar-Chirchiq 3 96 104 25 21 58 113 193 0 0 0 14 31Olimpik Toshkent 3 91 78 21 28 29 79 98 0 0 0 6 32Akademiya Toshkent 1 59 34 16 11 7 72 45 0 0 0 5 33Semurgʻ Angren 2 57 72 15 12 45 99 200 0 0 0 12 34Turon Yaypan 2 33 52 6 15 31 32 88 0 0 0 13 35Sementchi-Quvasoy 1 31 30 8 7 15 39 64 0 0 0 15 36Chilonzor-Toshkent 1 30 34 8 6 20 51 70 0 0 0 16 37Shahrixon 1 28 32 7 7 18 25 67 0 0 0 15 38Obod Toshkent 1 24 30 6 6 18 25 51 0 0 0 14 39Vobkent Buxoro 1 15 30 3 6 21 23 70 0 0 0 16 40Uz-Dong-Ju Andijon 1 13 30 2 7 21 17 65 0 0 0 16

Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan jamoalar Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Pro ligasining ishtirokchi jamoalari Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻynayotgan jamoalar Klub faoliyati tugatilgan

Superliga futbolchilarining rekordlari

Eng koʻp gol urganlar

Oʻrni Ismi Yillari Gollar soni1Anvar Berdiyev1995—20192252Zafar Xolmurodov1997—20122003Shuhrat Mirxoldorshoyev2000—20141944Baxtiyor Hamidullayev1997—20111785Jaʼfar Irismetov1993—20121746Umid Isoqov1994—20091717Ravshan Bozorov1992—20071718Anvarjon Soliyev1996—20151649Oybek Usmonxo‘jayev1992—200515710Dragan Ćeran2016—hozirgacha15011Temurxoʻja Abduxoliqov2010—hozirgacha13312Rustam Doʻrmonov1992—200213313Farid Xabibulin1992—200413114Muxtor Qurbonov1993—200912815Noʻmon Hasanov1992—200912516Igor Sergeyev2011—hozirgacha11916Nosirbek Otaqoʻziyev2003—201711717Server Jeparov2000—201911318Shuhrat Rahmonqulov1992—200510819Nematullo Quttiboev1992—200710620Shahboz Erkinov2003—202410521Artur Gevorkyan2007—201810522Oleg Shatskix1993—200310523Vali Keldiyev1992—200610424Marat Bikmayev2003—202310325Zayniddin Tojiyev2001—2015102

Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

Oʻrni Ismi Yillar Soni1Asror Aliqulov1995—20155202Jasur Hasanov1999—20245053Anvar Berdiyev1995—20195054Ignatiy Nesterov2001—20234665Anvar Gʻofurov2000—20204556Hikmat Hoshimov1998—20174537Ilhom Yunusov2000—20184318Botir Qorayev1999—20174289Erkin Boydullayev2002—202342810Vali Keldiyev1992—200641511Xayrulla Karimov1996—201641012Roʻziqul Berdiyev1992—200840813Abdumajid Toirov1996—201340614Anvar Soliyev1996—201540615Noʻmon Hasanov1992—200940216Muxtor Qurbonov1992—201240217Shavkat Salomov2000—202236818Stanislav Andreyev2006—hozirgacha36619Mansur Saidov2000—202137320Nosirbek Otaqoʻziyev2003—201735121Islom Toʻxtaxoʻjayev2008—hozirgacha34022Temurxoʻja Abduxoliqov2010—hozirgacha33623Artur Gevorkyan2007—201833024Shuhrat Muhammadiyev2007—hozirgacha32425Maʼmur Ikromov2003—2022323

Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda Doʻstlik jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.