Hayoti Zohir Aʼlam 1943-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1965). Ijodi Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi kitoblari nashr etilgan. «Afandining qirq bir pashshasi» (shu nomda kissa ham yozgan, 1989) nomli pesasi ham bor. Zohir Aʼlam mohir publitsist sifatida ham ancha samarali ijod qilgan. Uning «Boyovut» (1986), «Mayiz atrofidagi gaplar» (1990), «Jomboy hangomalari» (1991) kabi publitsistik maqolalarida davrning katta va dolzarb muammolari o‘z ifodasini topadi. Xususan, iqtisodiyot, xo‘jalik ishlari, huquq targ‘ibotlari haqidagi fikr-mulohazalari bayon etiladi. Bu boradagi kamchiliklar ochib tashlanadi. Asarlari «Baxtli bilet» (1972) «Muqaddima» (1978) «Hammasi bir binoda» «BAM manzaralari» (1978) «Kiyik ko‘zlari» (1981) «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981) «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) Tarjimalari Plutarxning «Iskandar Makidunli» (1998) asarini hamda P. Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi S. Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Zohir A’lam · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.