Abdul Husayn Dastgʻayb ( 1913-yil 8-dekabr — 1981-yil 11-dekabr) — eronlik siyosiy faol, diniy olim, tasavvufshunos. U juma namoziga imom etib tayinlangan va oliy rahnamoning Sherozdagi vakillaridan biri. U mujtahid (diniy-siyosiy faol), arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh asoslari (Usul al-fiqh) boʻyicha mutaxassis edi. 1981-yilda Eron xalq mujohidi tomonidan oʻldirilgan. Biografiyasi Dastgʻaybning otasi, boshlangʻich taʼlim muallimi Seyid Muhammad Toqiy 11-12 yoshlarida vafot etgan. Dastlabki taʼlimni otasidan olgan Abdul Husayn, uning oʻlimidan keyin tahsilini Sherozda, soʻngra Najafda davom ettirdi. Eronga qaytgach, u jiddiy siyosiy faoliyatga kirishdi.

Siyosiy faoliyati

Eron inqilobidan oldin Pahlaviylar sulolasi davrida siyosiy muxolif boʻlgan. U hukumat siyosatini tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlangan hamda hukmron rejim tomonidan Eronni tark etishga majbur qilingan, 1962-yilda (inqilobdan uch yil oʻtib) yana qaytib keldi U Ruhulloh Humayniyni qoʻllab-quvvatladi va rejimga qarshi siyosiy faoliyatni davom ettirdi. 1963-yil 5-iyunda hibs qilinib, Tehronga surgun qilindi, 1964-yilda esa yana qoʻlga olinib, uchinchi marta surgunga yuborildi. U Sheroz aholisining pahlaviylarga qarshi kurashda yetakchisi edi. 1977-yilda rejim uni uy qamogʻiga oldi, ammo odamlarning munosabati tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻldi. Sherozda shoh rejimiga qarshi ommaviy namoyishlar paytida odamlar qirgʻin qilinganidan keyin u takror hibsga olindi.

Eron inqilobidan keyin Dastgʻayb juma namozining imom-xatibi va Sherozdagi oliy rahnamoning vakili etib tayinlangan, arab tili, ilohiyot, nozil matnlar va fiqh (usul al-fiqh) asoslari boʻyicha mutaxassis boʻlgan mujtahid edi. Mutaxassislar majlisida Fors xalqining vakili edi

Ustozlari

Abu-l-Hasan al-Isfahoniy Ogʻa Ziyo Addin Arogʻiy Ali Tabatabaiy Muhammad Kozim Sheroziy (axloq va tasavvufdan ustozi) Muhammad Javod Ansoriy Hamadoniy Seyid Mirzo Estahbahonatiy

Kitoblari U quyidagi kitoblarni yozgan..

Everlasting heaven Certain role Faith Resurrection Sermon of shabarieh Hosseini uprising Great sins Humble prayers Great Fatemeh Zahra and Zeinab Ascension to heaven Prophecy Heart of Quran Introduction from the Quran Another world Islamic behavior questions Secrecy of the Quran Office of Imam (Imamate) Truth from Quran Eternity Friday sermons Pure heart Manners from the Quran Unitarianism Fantastic stories Sayed-Ol-Shohada

Oʻlim 1981-yil 11-dekabrda Dastgʻayb va yetti nafar hamrohi juma namozini oʻqish uchun masjidga ketayotganlarida portlash oqibatida halok boʻldilar. Bu harakat uchun javobgarlikni Eron xalq mujohidlari oʻz zimmasiga oldi.

Galereya

Yana qarang

Besh shahidlar Shahid Avval Shahid Taniy Shahid Salis Shahid Rabay Shahid Xamis Muhammad at-Tijoniy

Manbalar

Turkum:1946-yilda vafot etganlar Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:Eron inqilobi