Alvasti (turkcha: albasti; tatar, qirgʻiz, qozoq: aлбасты, chuvash: Алпастă, , ruscha: Албасты́) - Turkiy xalqlar va ayrim qoʻshni xalqlar dunyoqarashida yovuz ayol ruhi, aybning timsoli hisoblanadi. Odatda badbashara, yalangʻoch, sochlari sariq va yoyilgan, koʻkraklari osilib qolgan ayol qiyofasida tasvirlanadi. Ayrim rivoyatlarda uning uchinchi koʻzi va uzun tirnoqlari borligi koʻrsatilgan. Turkiy tillarda al qizil, basti esa bosim yoki bosish maʻnosini bildiradi.

Turli xalqlar mifologiyasida nomlanishi

Avar: '' avar. албастIи'' Ozarbayjon: '' ozar. albasdı'' Arman: " arm. Ալք — ali, alk" Balqar: '' aлмасты́'' Boshqird: ''албаҫты'' Gruzin: "ali" Oʻzbek: ''aлбасты́'' Oltoy: ''aлвасти́'' Moʻgʻul xalqlari:"алмас" Noʻgʻay: ''aлбаслы́'' Tatar: "албасты" Turk: " tat. albastı" Turkman: ''aлбассы'' Tojik: ''aлбасти'' Chechen: ''aлмазы'' Chuvash: ''aлпастă'' Sogʻd: ''aлбасты'' Rus: ''aлбасты́'' Qozoq: "aлбасты" Qoʻmiq: "албаслы́" Qirgʻiz: ''aлбарсты́'' Yoqut: "абааһы — abasi, abaasi"

Turli xalqlar folklori

Shumer folklori Shumer xalqlarida alvasti haqidagi afsonaga oʻxshash, lekin turkiy xalqlar avsonasi bilan bogʻliqlik mavjud boʻlmagan, afsona uchraydi.Talmudning ayrim talqinlarida Lilit, Odam atoning birinchi xotini, oʻzboshimchaligi va mustaqilligi uchun jannatdan haydalganBaring, Anne and Jules Cashford, eds. The myth of the goddess: Evolution of an image. Viking Adult, 1991. . page 82. Shundan soʻng Lilit atrofidagi rivoyatlaraning koʻp qismi alvasti haqidagi afsonalarga oʻxshab keta boshlaydi.

Arman folklori Alvasti afsonasining yana bir versiyasi mavjud. Arman folklorida "Al" deb nomlanadi. Bu "tugʻilish shaytonidir. Al tugʻilmagan bolalarni koʻr qiladi va jazosiz qolgan jinoyatlar sodir etgan ayollarning bolalarining tushishi va oʻlik tugʻilishiga sabab boʻladiCoulter, Charles Russell and Patricia Turner, eds. Encyclopedia of Ancient Deities. Oxford University Press, 2000. , page 212. Bu shaklda Alvasti ilondek sochlari, mis tirnoqlari va temir tishlari bilan alanga ruhi sifatida namoyon boʻladi... Alvasti nam joylarda yashirinadiAnn, Martha and Imel, Dorothy Myers. Goddesses in world mythology. ABC-CLIO, 1993. page 316. Ann va Imelning soʻzlariga koʻra, xuddi shunday afsona Afgʻonistonda topilgan ekan.

Rus folklori Bu soʻz turkiy xalqlar bilan yonma-yon yashagan ruslar tomonidan Albasta, Lobasta, Lobosta, Lopasta kabi oʻzlashtirilgan va botqoq, suv, sernam joylar bilan bogʻliq mavjudodlar bilan birlashtirilgan.  Albast haqidagi rus hikoyalari rivojlanmagan, koʻpincha u shunchaki suv yaqinida paydo boʻlib yoʻqoladi.

Astraxon, Vyatka va Perm gubernalarida Albasti dahshatli, yalangʻoch, katta koʻkrakli, yungli ayol sifatida tasvirlashgan. Odatda suv boʻyida sochlarini tarab oʻtirgan. Tver vloyatida yalongʻoch, bahaybat va semiz ayol deb tasvirlangan. Taxminan bir arshin keladigan koʻkraklar, baʻzan yelkalariga tashlangan. Sochlari oʻralgan va yergacha osilib turgan. U katta botqoqlarda, koʻllarda va girdoblarda yashaydi.  U oʻzining tashqi koʻrinishi bilan odamlarda qoʻrquv uygʻotadi va bundan tashqari oʻz uyi yonidan oʻtayotgan odamlarni tutib, ularni botqoqlikka sudrab ketadi va oʻlimga qadar qitiqlaydi. Saratov va Astraxon viloyatlarida alvastini devday ayol koʻrinishida tasvirlashgan. Sochlari toʻzib yotgan, qoʻllari va tirnoqlari juda uzun, barmoqlari esa qiyshaygan. Uning kulrang tanasi etdan emas, koʻpoq suvdan iborat deb hisoblangan;  u boʻron paytida bulutdan paydo boʻladi. Uni uchratish juda xavfli boʻlgan. Saratov viloyatida, shuningdek, lobasta tanish odamga aylanishi va oʻtib boʻlmaydigan joylarga olib kelishi mumkinligiga ishonishgan.

Etnograf va folklorshunos olim D. K. Zelenin rus alvastisini suv parisi bilan bir deb hisoblagan. Folklorshunos E. E. Levkievskaya va L. N. Vinogradova buning uchun yetarli asoslar yoʻqligiga e'tiroz bildirdi va lobastani mustaqil folklor qahramoni deb bilishgan. D. K. Zelenin va M. N. Vlasovalarning fikriga ko‘ra, ruslar faqat ismni oʻzlashtirib olishgan, va uni ruhlarning haqiqiy ismlarini talaffuz qilish taqiqlanganligi munosabati bilan evfemizm sifatida ishlatishgan.

Moʻgʻul xalqlari folklori Mogʻullar mifologiyasida alvasti soʻziga juda oʻxshash almasti yoki almas nomli afsonaviy mavjudod mavjud. Lekin bu soʻz bilan moʻgʻul xalqlari qor odamni atashadi.

Turkiy xalqlar folklori Alvasti deyarli barcha turkiy xalqlar folklorda yovuz ayol ruhlari sifatida tasvirlanadi. Uning asosiy maqsadi jazosiz qolgan jinoyat uchun qasd olish va bu yoʻlda odamlarga va oilasiga turli zararlar keltirish. Qadimda ayrim turkiy xalqlarda isitma bilan kechadigan kasalliklarni ham shunday atashgan, chunki bunday kasalikni alvasti qoʻzgʻatadi deb hisoblangan. Lekin alvasti xaqidagi afsonalar, mayda tafsilotlari bilan, har bir turkiy xalqda oʻzgacha.

Sharqshunos va Oʻrta Osiyo xalqlari madanyat tadqiqotchisi S. M. Andreev, keyinchalik esa etnograf va dinshunos olim V. N. Basilov alvasti aslida suv va unimdorlik bilan bogʻliq boʻlgan iloha deb hisoblashgan. Asta-sekin uning obrazi tanazulga uchrab hozirgi shakilga kelib qolgan.

Ozarbayjon folklori Ozarbayjonlar alvasti - koʻplab hastaliklar keltirib chiqarishiga ishonishgan. Turli rivoyatlarda alvastilar tushda kelib boʻgʻishi aytilgan.

Tozalikka eʻtibor bermaydigan uylarga alvasti kirib asosan bolalarda isitma koʻtarilishini keltirib chiqaradi.

Homilador ayol qon yoʻqotishni boshlaganda, u turli xil narsalarni koʻra boshlaydi. Uning koʻz oʻngida eng koʻp qoʻrqadigan narsa keladi. Natijada, u ba'zida hushini yoʻqotadi. Bu vaqtda alvasti uning koʻkragiga tiz choʻkib, nafas olishni toʻxtatadi. Homilador ayol yeb-icha olmaydi va yuragi ogʻriydi.

Boshqirt folklori Boshqirdlarda alvasti - albasti (boshq. албаҫты) deb ataladi. Toʻzgʻigan, uzun, sargʻish sochlari va tizzalarigacha osilgan koʻkrakli ayol deb tasvirlanadi. Bazida esa - uzun soqolli erkak sifatida namoyon boʻladi.  Albasti hayvonlar yoki jonsiz narsalar shaklini ham olishi mumkin.

Boshqirdlarning tasavvuriga koʻra, albasti - baxtsiz hodisa va shahidlik natijasida vafot etgan yoki dafn marosimiga rioya qilmasdan dafn etilgan odamning sargardon ruhi.  Misol uchun, u adashgan ruh yoki choʻkib ketgan odamning ruhi boʻlishi mumkin.

Odatta albastiga - sehrli kitob, taroq va tanga tegishli boʻladi.  Afsonaga koʻra, uning tarogʻiga egalik qilgan kishi, albastini unga xizmat qilishga majbur qilishi mumkin.

Boshqird tilshunosi F.G.Hisamidinovaning taxmininga koʻra "albasti" soʻzining kelib chiqishi - alp bosdi soʻziga borib taqaladi.

Boshqirdlar qadim zamonlarda albasti unumdorlik yoki oʻchoq ma'budasi boʻlgan deb hisoblashadi..  Ammo keyin ma'buda oʻziga etiqod qiluvchilarni yoʻqotadi. E'tiqodning oʻzgarishi va boshqird xalqining mifologik qarashlari oʻzgarishi bilan va yovuz ruhlardan biriga aylanadi.

Tatar folklori Tatarlarda alvasti - albasti ( tat. албасты) deb otaladi. Tatar xalqining afsonaalariga koʻra u uxlayotgan odamni bugʻadi. Tatarlar bu so‘zning kelib chiqishini quydagicha tushuntirishadi: ehtimol u al (qo‘l) va basti (ya’ni qo‘l bilan bosuvchi, bugʻuvchi) yoki al(ni) basdi (ya’ni koʻkrakni bosuvchi) so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan deb hisoblashadi.

Afsonaga koʻra, u kelganda, odam bosinqirab qoladi va qanchalik qichqirmoqchi boʻlmasin, qichqirolmaydi.  Odam qoʻrqib uygʻongandan soʻng, albasti tushib qoladi.

Boshqa rivoyatlarga koʻra albasti bahaybat chumoli koʻrinishiga kirib yo‘lda odamni kuzatib boradi.

Tatar afsonalarga koʻra albasti it hurishni va xoʻroz qichqirishni yoqtirmaydi.

Ba'zi afsonalarda alabaster temir koʻkrakli ayol sifatida namoyon boʻladi.  Yoʻlovchilarni urib o‘ldiradi.

Qishloqlarda bolalar kechqurun yurmaasligi uchun alabasti bilan qoʻrqitishgan.  Aytishlaricha, u pichanzorlarda yashab, kechalari dalada yolg‘iz yurganlarning qonini ichadi.

Oʻzbek folklori N. P. Ostroumov Toshkentda, mulla Abdul-Halimdan, yozib olgan hikoyasida Alvasti Iblisning singlisi ekanligi aytib oʻtiladi.

Zohir Qoʻchqorov tomonidan Qashqadaryoda yozib olingan folklor ma'nbalarida, alvasti kichkina mavjudod koʻrinishida tasvirlangan. U turli koʻrinishlarga kira oladi va usti berkilmagan suvga tushib uni iflos qilishi aytilgan.

Qozoq folklori Qozoqlar hamda qirgʻizlar qora (кара) alvasti, eng zararlisi va sariq (сары) yoki sasiq (сасык) alvastini farqlaganlar.

Manbalar

Turkum:Mifologiya Turkum:Mifologik qahramonlar