Adhamiy Ibrohim (XV asr) – turk­man beklaridan, asl ismi Shoh turkman. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni xush tabʼ va zarif kishi sifatida taʼriflab, devoni ham borligi haqida maʼlumot beradi va quyidagi matlaʼsini keltiradi:Hargizam dil be xayoli anbarin xole nabud,

In dili devona hargiz xoli az hole nabud.

(Mazmuni: Hech vaqt koʻnglim qora xol xayolisiz yashamadi; bu devona dil hech qachon bu holdan xoli boʻlmadi)

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik