Escape from Taliban () — 2003-yilda rejissyor Ujjal Chattopadhyaya tomonidan hindistonlik yozuvchi Sushmita Banerjining A Kabuliwalaʼs Bengali Wife () qissasi asosida suratga olingan film. Sushmita 1989-yilda afgʻon tadbirkoriga turmushga chiqib, 1995-yilgacha Afgʻonistonda yashagan. Shu vaqt ichida Tolibon unga oʻlim hukmini chiqardi. Chunki u islomni qabul qilish boʻyicha ularning qoidalariga rioya qilishni rad etib, Afgʻonistondan qochib ketganJeevan Vasagar. . Qochish hikoyasi film uchun asos boʻlgan Sushmita Banerji Tolibon diktalariga qarshi chiqqani uchun 2013-yil sentyabr oyida Afgʻonistonning Paktika viloyatida jangarilar tomonidan otib oʻldirilgan.
Syujeti Film real voqealarga asoslangan boʻlib, unda afgʻon tadbirkoriga turmushga chiqqan va eri bilan 6 yil mobaynida Afgʻonistonda yashagan, 1995-yilda esa Tolibondan qochib Hindistonga qaytib ketgan bengallik brahman ayol Sushmita Banerji hayoti aks etgan.
Rollarda
Manisha Koirala Sushmita Banerji/Sayid Kamol rolida Navob Shoh Jonboz rolida Vineta Malik Abu rolida Prithvi Zutshi Dranai Chacha rolida Aliy Xon Abdul Malik rolida Yusuf Husayn polkovnik Banerji rolida
Musiqasi Qoʻshiq matni muallifi Mehbub. Nomi Xonanda(lar) „Aye Jaane Jaa“ Udit Narayan, Kavita Krishnamurti „Titli Si Ud Chali“ Alka Yagnik, Sana Aziz „Jit Xayn Yahan“ Sneha Pant, Kumar Sanu „Jit Xayn Yahan“ (arabcha) Xor „Kahan Se Aate Xain“ Asha Bhonsle, Sunidhi Chauxan „Rimil Baba“ Sadhana Sargam, Babul Supriyo, Sonu Nigam
Manbalar
Havolalar
Turkum:2003-yil filmlari Turkum:IMDb identifikatori Vikimaʼlumotlardagisi bilan ayni boʻlgan sahifalar Turkum:Hindiston filmlari Turkum:Hind tilidagi filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar