Xalq uyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

„Xalq uyi“ Buxoro xalq sovet respublikasi hukumati aʼzolarining tashabbusi bilan 1923-yili bunyod etilgan. 1925-yil uning zalida Oʻzbekiston SSR tashkil topganligi eʼlon qilingan. Binoda maʼlum mddat Buxoro teatri oʻz faoliyatini olib borgan. 2010-yildan buyon qarovsiz holatda, avariya holatiga kelib qolgan.

Manbalar

Turkum:Xalq uylari Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari