Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy ( – Shayxul-imom Abu-l-Aimma Abdulaziz ibn Abdurrazzoq ibn Abu Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Matkan al-Margʻinoniy) – muhaddis.

Hayoti Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Margʻinoniy 1016-yil (hijriy 406-yil)da Margʻilonda tavallud topgan. U asosan, oʻzi tugʻilib-oʻsgan yerda yashab ijod etgan. Manbalarda keltirilishicha, ilm talabida ikki marta Samarqandga safar qilgan. Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy taniqli olim Shamsul-islom Mahmud ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Oʻzgandiyning otasidir.

Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy 1084-yilda (hijriy 476) 68 yoshida vafot etgan.

Adabiyotlar

O. A. Qoriyev. Fargʻona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Margʻinoniy. – T.: „Fan“, 2009. 60; Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 222.

Manbalar

Turkum:Muhaddis Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Hadislar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar