Abdulvahhob ibn Ibrohim ibn Muhammad al-Jurjoniy az-Zanjoniy, al-Xozarjiy (Izzuddin) — adib, nahvchi, tilshunos, sarfchi, ilm-maʼoniy, bayon va aruz bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan. Aqliy va nahliy ilmlardan ham xabardor bo‘lgan. Tabrizni o‘z vatani deb hisoblagan va Mavsulda yashagan. Abdulvahhob az-Zanjoniy Bag‘dodda hijriy 660-yil (milodiy 1262-yil)da vafot etgan.
Asarlari Al-Muʼrab amma fi-s-sihoh va-l-mag‘rib fi-l-lug‘at (Sahihdagi iʼrob va tildagi mug‘rab) al-Hodiy fi-n nahv va-t-tasrif va-sh sharh (Nahv va sarf va ularning sharhlari bo‘yicha hidoyatchi) Fathu-l-fattoh fi A 10 sharhi-l-maroh („al-Maroh“ sharhi bo‘yicha ochuvchining aytganlari) Tasʼhihu-l-miqyos fi tafsiri-l-qistos fi-l-aruz (Aruzdagi „al-Qistos“ tafsiri qiyosining sahihligi) Miʼyoru-n-nizor fi ulumi-l-ashʼor (Sheʼriyat ilmlarida munozara meʼyori) „Umdatu-l-hisob“ (Hisob ilmi asoslari) Manbalar