Abdurrahmon ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Nasr ibn al-Muxtafiz al-Muzniy al-Firuzobodiy — fozil, zuhd, olim. Firuzobod qishlog‘idan bo‘lgan. U sakkiz yil Madina shahrida yashab, fiqhni o‘rgangandan so‘ng o‘z yurtiga qaytgan edi. So‘ngra Iroqqa borib, uning mashoyixlaridan hadislar yozib olgan. Barcha islomiy masalalarda ham, Qurʼon xususida ham Madina ahlining mazhabida edi. U ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan.
Manbalar