Darvesh Mashhadiy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Аlisher Navoiy uni Darvesh Ravgʼangar bilan adashtirmaslik kerakligini taʼkidlab, quyidagi baytini keltiradi:Dogʼho bar dasti dil, k-az dasti jononi man ast,

Garchi mesoʼzad maro, osoyishi joni man ast.

(Mazmuni: Dilim kaftidagi dogʼlar yorimning qoʼli bilan paydo boʼlgan. Garchi ular meni chunonam kuydirsa-da, lekin jonimning oromidir).

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik