Abdussalom Afandi al-Mardiniy () — hanafiy olimi.

Biografiyasi Mardin shahida tug‘ilgani uchun al-Mardiniy kunyasini olgan. Otasi — Sayyid Umar Afandi. Tahsilini Mardin, Diyor­bakr, Halab, Shom, Misr va Istanbul shaharlarida olgan. Keyinchalik Mardinga qaytib, u yerda muftiylik qilgan. Hayo­ti haqida maʼlumotlar oz. Qabri Takka mahallasidagi Ibrohim Bey qabristonida.

Asarlari

„Umm al-’ibar fӣ zikr man mazā va mar“. Bu asar Ibrohim Muhammadiy ash-Sharboniyning arab tilidagi „Umm al-’ibar“ asarining tarjimasi. Abdussalom Afandi al-Mardiniy bu asarda payg‘ambarlar tarixi, xalifalar davri tarixi, umaviylar, abbosiylar, saljuqiylar, usmoniylar, mo‘g‘ullar, temuriylar tarixi haqida xronogolik maʼlumotlarni keltirish bilan birga, asar so‘nggida Mardin tarixiga o‘rin ajratgan. Asarning asl nusxasi Qohiradagi „Dor al-kutub al-Misriyya“ kutubxonasida (inv. raqam 813), uning bir nusxasi Istanbul universiteti kutubxonasida (AY, inv. raqam 44) saqlanmoqda.

Olimning tafsir ilmiga oid „Taf­sӣr al-Fātiha“, faroiz ilmiga oid „al-Qirātiyya“, hadis roviylarining tarjimai hollari bayon qilingan „Asmā rijāl al-hadӣs“ asarlari hamda adabiyot va mantiq ilmlariga doir ishlari ham maʼlum.

Adabiyotlar

Ismoil Posho al-Bag‘dodiy. Ha­diy­ya al-­’ārifӣn. I, 572; Brockelmann. GAL. Suppl., II, 780; Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1376-80/1957-61. V, 229; Mücteba Uğur. „Abdüsselâm Efendi, Mardînî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 300-301.

Havolalar

https://mehmetayaz.blogspot.com.

Manbalar