Abu Abdulloh al-Qalonisiy ( — so‘fiy.
Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Aksar tasavvufiy manbalarda Abu Abdulloh al-Qalonisiyning safardoshlari filning bolasini yeb halokatga uchragani, lekin ona fil esa uni ko‘tarib, manziliga yetkazib qo‘ygani haqida hikoyat keltirilgan. Jumladan, Rumiyning „Masnaviy maʼnaviy“sida ham bu hikoya batafsil yoritilgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“da „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx hayotiga bog‘liq bobni qisqartirilgan holda kiritgan.
Adabiyotlar
Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. X, 153; Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I.; Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi maʼnaviy. — T.: „MERIYUS“, 2011.
Manbalar