Panfilov tumani () — Qozogʻiston Respublikasining Jetisu viloyati sharqida joylashgan maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Jarkent shahri. Geografiyasi Tuman hududi 10,6 ming km² ni tashkil qiladi. Sharqiy tomondan Xorgas daryosi boʻylab Xitoy Xalq Respublikasi bilan, janubda Ili daryosi boʻylab Olmaota viloyatining Uygʻur tumani bilan, gʻarbda Kerbuloq viloyati bilan chegaradosh. Mintaqaning tabiiy landshafti boy va rang-barangdir. Jungʻariya olatovi, Uytas, Oy-Jaylau kabi joylari oʻzining gʻzalligi bilan ajralib turadi. Viloyatda „Kerim Agash“ va „Jarkent Arasan“ sanatoriylari buloqlari, koʻllarning shifobaxsh balchiqlari, Tishkanskiy va Sulubakan konlaridagi toshkoʻmir konlari, „Qundyzdi“ uchastkasida neft zaxiralari mavjud. Viloyat hududidan Buyuk ipak yoʻlining Qozogʻiston qismi oʻtadi. Tarixi 1928-yilda Qozogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Olma-Ota okrugi tarkibida Jarkent tumani sifatida tashkil etilgan. 1932-yildan Olma-Ota viloyati tarkibida boʻlgan. 1942-yilda Panfilov tumani deb nomlanadi. 1944-yilda Qozogʻiston SSRning yangi tashkil etilgan Taldiqoʻrgʻon viloyati tarkibiga koʻchiriladi. 1956-yil 27-dekabrda unga Oktyabr tumani biriktirilganVedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 5 (872), 1957 g.. 1959-yilda Taldi-Qoʻrgʻon viloyati tugatilishi bilan Panfilov tumani Olma-Ota viloyatiga qaytarildi. 1967—1997-yillarda tuman Olma-Ota viloyati tarkibiga kirgunga qadar qayta tiklangan Taldi-Qoʻrgʻon viloyatining bir qismi boʻlgan. Aholisi Milliy tarkibi (2019-yil boshida): qozoqlar — 86 035 kishi (66,59%); uygʻurlar — 36 745 kishi (28,44%); ruslar — 4561 kishi (3,53%); dunganlar — 697 kishi (0,54%); tatarlar — 397 kishi (0,31%); oʻzbeklar — 282 kishi (0,22%); boshqalar — 487 kishi (0,38%); Jami — 129 204 kishi (100,00%); Maʼmuriy hududiy boʻlinishi Aydarli qishloq okrugi Baskunchin qishloq okrugi Birlik qishloq okrugi Jaskent qishloq okrugi Koʻktal qishloq okrugi Qoʻnirolen qishloq okrugi Pijim qishloq okrugi Saribel qishloq okrugi Taldin qishloq okrugi Ulkenagash qishloq okrugi Ulkenshygan qishloq okrugi Usharal qishloq okrugi Chulakay qishloq okrugi Adabiyotlar Ybraimoldaev Adilshaiyk Omarov Yermuxanbet Omarovich (03.1998-11.2004) Kelemseit Ermek Abilmazhinovich (2005-2012) Jakupov Boltirik Ausadykovich (06.2013-08.2014); Abduldaev Berdaulet Yeshenovich (08.2014-12.2017) Bektasov Temerlan Amangeldievich (12.2017-09.2019); Umraliev Talgat Abenovich (09.2019-yildan) Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari