Ali ibn Abu Tolib masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel dahasi 3-mavzesida joylashgan jomeʼ masjidi.

Tarixi

1993-yilda tuman xokimligining qarori bilan masjid uchun yer ajratilgan. 1994-yilda Tuzel mahallasi fuqarolari tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Dastlab masjid oʻzbekistonlik ulamolardan biri boʻlmish din va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniy (1885-1976) nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik, 1998-yildan masjidga quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoni vakili, islomda „Xulafo ar-Roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan toʻrt xalifaning toʻrtinchisi, Muhammad (s.a.v) ning amakivachchasi va kuyovi (Fotima zahro (sa) eri) boʻlmish Ali ibn Abu Tolibning (taxminan 600-661) nomi berilgan.

Joylashuvi { "type": "FeatureCollection", "features": [

"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#005500", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "religious-muslim" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 69.363826, 41.296809 ]

] }

Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Tuzel dahasi 3-mavze Choʻlpon koʻchasi 1-uy manzilida joylashgan. Masjidning shimoliy va sharqiy qismida Eshon ota qabristoni joylashgan.

Gallireya

Yana qarang

Eshon ota qabristoni Otamozor qabristoni

Manbalar