Abu Bakr al-Iyoziy () — Hanafiyya-moturidiyya mazhabining yirik vakili.
Iyoziylar shajarasi Abu Bakr al-Iyoziy iyoziylar sulolasidan hisoblanib, Abu Ahmad al-Iyoziyning ukasidir. Ibn Zakariyo iyoziylar shajarasini tuzib chiqqan, shajara sahoba Saʼd ibn Uboda al-Ansoriyga borib taqalgan. Shajara quyidagicha: Abu Bakr Muhammad ibn Abu Nasr Ahmad ibn Abbos ibn Husayn ibn Jabala ibn Gʻolib ibn Jobir ibn Navfal ibn Iyoz ibn Yahyo ibn Qays ibn Saʼd ibn Uboda al-Ansoriy.
Iqtiboslar Al-Moturidiyning zamondoshi va Samarqandning mashhur olimlaridan bo‘lgan, mahalliy aholi orasida katta hurmat qozongan. Ibn Zakariyoning „Sharh jumal usӯl ad-dӣn“ asarida keltirilishicha, faqih Abdussamad ibn Ahmad al-Arbinjoniy Abu Mansur al-Moturidiy vafot etganda Abu Bakr al-Iyoziyning quyidagi so‘zlarini aytgan:
Muhammad ibn Ibrohim al-Hasiriyning „Al-Hāvӣ fi-l-fatāvā“ asarida keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Abu Bakr al-Iyoziydan bir kishi o‘zining ahli sunna val-jamoa eʼtiqodida ekanini qanday anglashi mumkinligi haqida so‘raganda, u shunday javob bergan:
Bu rivoyatlar Abu Bakr al-Iyoziyning Samarqand hanafiylari orasida yaxshi obro‘ga ega bo‘lganidan darak beradi. Shuning uchun ham Ibn Zakariyo Abu Bakr al-Iyoziyni „ahli sunna val-jamoaning bayroqdori“ deb eʼtirof etgan. Shuningdek, uning al-Moturidiyning taʼziyasida aytgan so‘zlari Samarqand maktabi ichida Abu Bakr al-Iyoziy va Abu Mansur al-Moturidiyning alohida mavqelari bo‘lganidan dalolat beradi.
Mashhur asari Abu Bakr al-Iyoziy ayrim aqidaviy qarashlarini o‘z ichiga olgan „Al-Masāil al-’ashara al-’iyāziyya“ asarini vafotiga yaqin yozib tugatgan va mahalliy aholi mu’taziliylar aqidalaridan uzoq bo‘lishlari uchun uni xalq orasida eʼlon qildirgan. Abu Bakr al-Iyoziy ushbu kitobida quyidagi o‘nta aqidaviy masalani yoritib bergan:
— Shubhasiz, bandalar feʼlini yaratuvchi, Allohdir. Ularning feʼllari Allohning qazosi va mashiati (xohishi) orqali paydo bo‘ladi.
— Alloh azaliy Xoliqdir (yaratuvchi). Uning ilmi va sifatlari azaliydir. Bu sifatlar na Allohning o‘zi va na boshqasidir.
— Idrok va ihota qilmasdan Allohni oxiratda ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo Alloh (ruiyat) uni ko‘rishni istaganga istagan shaklda o‘z jamolini lutf qiladi.
— Qur’on Allohning kalomi bo‘lib, u maxluq (yaratilgan) ham emas va muhdas (keyin paydo bo‘lgan) ham emas.
— Katta gunoh sodir etgan moʻminlar holati Allohning mashiatidir (xohishidadir). Alloh istasa, o‘z lutfi bilan ularni kechiradi, xohlasa, adolati bilan ularni gunohlariga yarasha jazoga tortadi. O‘z jazosini olgan har qanday moʻmin oxir-oqibat jannatga kiradi.
— Bandalar uchun foydali (aslah) yoki foydasiz bo‘lishidan qatʼi nazar, Alloh istagan ishni istagan shaklda qilishga qodirdir. Alloh o‘z ishiga javobgar emas, bandalar esa javobgardir.
— Muhammadning katta gunoh qilgan moʻminlarni o‘z shafoatlariga olishlari haqdir.
— Qabr azobi haqdir.
— Alloh, albatta, o‘z bandalarining duolarini qabul qiladi va bandaning duosida hikmat va foyda bordir. Har qanday qadar (taqdir), xoh u xayrli bo‘lsin, xoh yomon bo‘lsin, Allohdandir (yaʼni, insonlarning yaxshi yoki yomon bo‘lgan barcha feʼllarini taqdir qilgan Allohdir.
— Moturidiyya aqidasiga ko‘ra, banda feʼlining xoliqi (yaratuvchi) Allohdir, foili (bajaruvchisi) esa bandadir.
Al-Hasiriyning taʼkidlashicha, ushbu o‘nta masala o‘sha davrda Samarqand hanafiylarining asosiy eʼtiqodiy qoidalari sifatida eʼtirof etilgan va ularga ishonmaganlarni „sohib ash-sharr va-l-bid’a“ (bid’at va gunoh egalari) deb hisoblaganlar. Lekin Abu Bakr al-Iyoziy davrida uning ushbu asari ahli sunna val-jamoa ulamolari orasida asosiy manba sifatida ahamiyatini saqlab qola olmagan. Chunki uning zamondoshi Abu Mansur al-Moturidiy yuqoridagi o‘nta masalani kengroq tarzda va boshqa eʼtiqodiy masalalarni „Kitāb at-tavhӣd“ asarida yoritgan.
Adabiyotlar
S. Oqilov. Abu-l-Muin an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. — T.: „Muharrir“, 2009; S. Oqilov. Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti. — T.: „Hilol-nashr“, 2017; Ibn Zakariyo Yahyo ibn Ishoq. Sharh jumal usӯl ad-dӣn li-Abӣ Salama as-Samarqandӣ. — Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi. Qo‘lyozma. Rais al-kuttob. Inv. raqam 690; Abu-l-Mu’in Maymun ibn Muhammad an-Nasafiy. Tabsira al-adilla fӣ usӯl ad-dӣn. — Damashq: 1990-1993; Muhammad ibn Ibrohim al-Hasiriy. Al-Hāvӣ fi-l-fatāvā. — Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi. Qo‘lyozma. Hakim o‘g‘li Ali Posho. Inv. raqam 402.
Manbalar