Mirzayev Ruslan Erkinovich – oʻzbekistonlik harbiy arbob, general-mayor, 2008-2018-yillarda Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, 2005-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri boʻlgan.

Biografiya 1965-yil 21-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1986-yilda Sovet Ittifoqi davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) oliy harbiy-siyosiy chegara bilim yurtini, 1989-yilda KGB Oliy maktabini tamomlagan.

1982-yildan davlat xavfsizlik organlarida.

1986-yildan 1992-yilgacha KGB chegara qoʻshinlari operativ guruhining tezkor boʻlinmalarida xizmat qilgan.

1992-1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boʻlinmalarida xizmat.

1999-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida boshqarma boshligʻi, soʻngra Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, kotibi lavozimlarida ishlagan.

2005-2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

2008-2012-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.

2012-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmalarida rahbarlik lavozimlarida.

2018-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni.

2020-2022-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibiyati bosh konsultanti.

2022-yil 1-yanvardan hozirgi kunga qadar Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktoriRuslan Mirzayev ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Uygʻur xalqi Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Mudofaa vazirlari Turkum:Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari Turkum:KGB kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar