Homayoun Ershadi (shuningdek, Homayon Ershadi, . 1947-yil 26-martda tugʻilgan) — Eronlik aktyor, "Gilos taʼmi" (1997) filmidagi debyut rolini ijro etgan. Shundan soʻng bir qancha Eron va boshqa filmlar, jumladan Gollivud filmlari "The Kite Runner" va "Zero Dark Thirty"da tanilgan.
Hayoti Ershadi Italiyada meʼmorchilik bo‘yicha tahsil olgan. Oʻqishni 1970-yilda tugatgan va uzoq yillar meʼmor bo‘lib ishlagan.
U aktyor sifatida taniqli eronlik rejissyori Abbos Kiarostami tomonidan „kashf“ etilgan. Ershadi Tehronda tirbandlikda mashinasida o‘tirganida, Kiarostami uning oldiga kelib, "Gilos taʼmi" filmida bosh rolni o‘ynashni taklif qiladi.
2007-yilda Afgʻonistonda oʻsib ulgʻaygan ikki yosh bola haqida "The Kite Runner" filmida rol oʻynagan.
Mukofotlari Ershadi 2017-yilda San-Fransiskoda (Kaliforniya, AQSh) boʻlib oʻtgan 10-Eron filmlari festivalida "Moviy chiroq " filmidagi roli uchun „Eng yaxshi qisqa metrajli film aktyori“ nominatsiyasida Sepanta mukofotini qoʻlga kiritdi.
Madaniy maʼlumotnoma Nikol Kraussning "Seeing Ershadi (Ershadini ko‘rish)" qissasi The New Yorker jurnalida 2018-yil 5-martda chop etilgan. Asar Ershadi ishtirokidagi filmni tomosha qilib, keyin uning yuziga havasmand boʻlib qolgan balet artisti haqida.
Filmografiya Yil Sarlavha Rol Direktor 1997-yil Gilos taʼmi Janob Badiiy Abbos Kiarostami 1998-yil Armut daraxti Dariush Mehrjuiy 2002-yil Disturbant Sirus Alvand 2005-yil Portrait of a Lady Far Away Ali Musaffa 2006-yil Color of Friend Janob Jahongir Bita Shafipour 2007-yil The Kite Runner Baba Mark Forster 2008-yil Aal Bahrom Bahromyan 2009-yil Agora Aspasius Alejandro Amenábar 2011-yil Facing Mirrors Pedar Negar Ozarbayjoniy 2012-yil The Kite Runner Hasan Ghul Ketrin Bigelou 2013-yil Good to Be Back Merati Doriush Mehrjuiy 2014-yil A Most Wanted Man Faysal Abdulloh Anton Korbijn 2014-yil Ghosts Doriush Mehrjuiy 2015-yil Utopia Hasan Nazer 2016-yil Ali va Nino Asif Kapadia 2016-yil Blue Lantern Rizo Yarxalaji 2016-yil The Last Inhabitant Ibrohim Jivan Avetisyan 2017-yil Lina ota Ramin Rasuli 2020 No Chois Rizo Dormishyan 2022 The Town Ali Hazrati
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Eronlik aktyorlar Turkum:Eronlik erkak aktyorlar