Leygun – Xitoy mifologiyasiga koʻra, momaqaldiroq xudosi. Miflarda u ajdaho tana va inson boshi, qora rangli qanotlar, qush tirnoqlarga ega hamda qornida baraban chalayotgan koʻrinishda tasvirlangan. Qolaversa, u faqat shim kiygan, yelkasiga baraban va oʻng qoʻlida momaqaldiroqni yuzaga keltiradigan yogʻoch bolgʻasini koʻtargan holda boʻladi, deb ishonilgan. Miflarda u qoʻy va choʻchqalar bilan toʻldirilgan aravada sayohatga chiqishi, sayohat asnosida barabanini chalib momaqaldiroqni chaqirishi va yomgʻir yogʻib, insonlarning dehqonchilik va chorvachilik ishlariga qut-baraka kirishi haqida hikoya qilinadi. Shuning uchun u insoniyatga manfaat keltiruvchi yaxshilik xudosi sifatida eʼtiqod qilingan. Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Turkum:Shaxsiyatlar