Boris Anatolyevich Golender (, 12-sentabr 1947-yil, Toshkent — 2026-yil 5-fevral, Toshkent) — tarixchi, oʻlkashunos olim, jurnalist va publitsist, hujjatli filmlar ssenariynavisi va kimyo fanlari nomzodi. Dunyoning turli mamlakatlarida 100 dan ortiq nashrlar muallifi, ularning aksariyati O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga tegishli. U shahar tarixini targ‘ib qiluvchi ekspert, ekskursiya yetakchisi, ma’ruzachi hamda tarixiy xotirani saqlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy loyihalar ishtirokchisi sifatida tanilgan.

Hayoti Boris Golender 1947-yil 12-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Ikkinchi jahon urushi yillarida tanishishgan: otasi harbiy uchuvchi, onasi esa tibbiy xizmat katta leytenanti va polk shifokori boʻlgan. Katta bobosi Turkistonga kelgan Rossiya imperatorlik armiyasining unter-ofitseri, bobosi esa Toshkentdagi inqilobiy voqealar ishtirokchisi va sovet hokimiyatining dastlabki yillarida xavfsizlik organlari rahbarlaridan biri boʻlgan.

U Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tamomlagan. 1978-yilda kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hamda „Texnolog“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida faoliyat yuritgan. Polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohasida 60 dan ortiq ilmiy ishlar va 5 ta ixtiro patentining muallifi hisoblanadi. Keyinchalik u jurnalistika, tarixiy-oʻlkashunoslik tadqiqotlari va maʼrifiy faoliyat bilan professional darajada shugʻullana boshlagan.

Boris Anatolyevichning shahar tarixiga boʻlgan qiziqishi oilaviy va shahar arxivlarini oʻrganish, shuningdek, Toshkentning eski tabriknomalari (otkritkalari) va fotosuratlari kabi vizual manbalarni toʻplash asnosida shakllangan. Ushbu kolleksiya keyinchalik uning koʻplab nashrlari va maʼruzalari uchun asos boʻlib xizmat qildi.

Koʻp yillar davomida Boris Golender Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyida ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

Oʻgʻli Gleb Golender teatr va kino aktyori, 1990-yildan buyon „Ilhom“ teatrida faoliyat yuritadi.

Boris Anatolyevich Golender 2026-yil 5-fevralda Toshkentda 78 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqidagi xabarlar va faoliyati haqidagi sharhlar milliy hamda mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Marhum Do‘mbrobod qabristoniga dafn etildi.

Faoliyati Uzoq yillar ilmiy laboratoriya mudiri boʻlib ishlagan. Bundan tashqari, jurnalistika bilan shugʻullanadi. „Sharq yulduzi“ jurnalida, „Gʻafur Gʻulom“ nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida ishlagan. XX asr oxiridan boshlab Golender Toshkent tarixini ommalashtirish bilan faol shugʻullandi. U shaharning meʼmorchiligi, kundalik hayoti va madaniy muhitiga bagʻishlangan koʻplab ommaviy maʼruzalar, uchrashuvlar va madaniy tadbirlar muallifi hamda ishtirokchisi boʻlgan.

Golender muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida va jamoat maydonlarida Toshkent tarixi boʻyicha ekspert sifatida chiqish qilgan. Turli madaniy va taʼlim muassasalari platformalarida oʻtkazilgan „davra suhbatlari“ hamda mavzuli munozaralarda qatnashgan. Oʻzi asoschilaridan biri boʻlgan „Sergey Yesenin“ nomidagi davlat muzeyida ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

Mening koʻcham (Улица моя) telekoʻrsatuvlar turkumi 1997—1998-yillarda Boris Golender Toshkent koʻchalari tarixiga bagʻishlangan „Mening koʻcham“ () telekoʻrsatuvlar turkumining muallifi va boshlovchisi boʻldi. Koʻrsatuvlarda meʼmoriy obyektlar, shahar muhitining oʻzgarishi va shahar aholisining taqdirlari haqida hikoya qilingan. Ushbu loyiha shahar tarixiy xotirasini saqlash va targʻib qilishga qaratilgan eng eʼtiborli teleformatlardan biriga aylandi.

Maʼruzalar va videomateriallar 2010-yillarda Golender Toshkent tarixiga, jumladan, shaharning adabiy va teatr hayoti, me’moriy merosi hamda 1966-yilgi zilzila mavzulariga bag‘ishlangan turkum ommaviy videoma’ruzalar olib bordi. Ushbu ma’ruzalar yozuvlari ochiq video-to‘plamlarda keng tarqaldi va ta’lim hamda ma’rifiy maqsadlarda foydalanildi.

Nashrlari Boris Golender yuzdan ortiq nashrlar, jumladan, tarixiy-o‘lkashunoslik ocherklari, maqolalar, to‘plamlar va yo‘lko‘rsatkichlar muallifidir. Uning ishlari Toshkent tarixi, shaharning madaniy hayoti hamda XIX asr oxiri — XX asr boshlariga oid vizual manbalar, xususan, tabriknomalar (otkritkalar) va arxiv fotosuratlariga bag‘ishlangan.

2002-yilda „Okna v proshloye“ ( (Toshkent, 2002 y.), 2007-yilda esa Toshkent shahri tarixi va unda yashagan mashhur shaxslar haqida yozilgan „Moi gospoda tashkentsi“ () kitoblari nashr qilingan. 2014-yilda Oʻzbekistonda yashagan polyaklar haqidagi „Polonia Turkestaniana“ kitobi nashr qilingan.

Iqtiboslari „Oʻzgarib turadigan shahar yashaydi – u mangu boʻladi.“ „O‘tmishning qimmatbaho toshlari hamma yoqqa sochilib yotibdi, faqat ularni ko‘ra olish, tinglash va tushunish kerak.“ „Xudo Toshkentning ustida doimo do‘ppi tutib turadi.” (Bu ibora shaharning ofatlardan omon qolishi va uning o‘ziga xos fayz-u barakasiga ishoradir).“

Bibliografiyasi Okno v proshloe. Turkestan na starinnix pochtovix otkritkax (1898—1917) – Tashkent: R. Elinina, 2002, 243 s. ISBN 5-86280-074-3; 978-5862800746.

Moi gospoda tashkentsi – Tashkent, 2007, 264 s. ISBN 9789943320000; 9943320001.

V etom gorode kamnya i solnsa – Tashkent, okolo 2011 (publikatsiya/sbornik ocherkov).

Vechniy svet kupolov. Starinnie xrami Turkestanskogo kraya – Tashkent: Tashkentskaya i Sredneaziatskaya eparxiya, 2011. 94 s. ISBN 9943111259; 978-9943111257.

Polonia Turkestaniana – Tashkent, 2014.

Nemeskiy sled v Uzbekistane – Tashkent, yanvar 2019.

Ulfat. Uzori Uzbekistana – Tashkent, 2024/2025 (soavtor Georgiy Grishin).

Prochie sborniki i albomi.

Filmografiyasi Boris Golender Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning tarixi, madaniyati hamda diniy merosiga bagʻishlangan bir qator hujjatli filmlar ssenariysi muallifidir. Uning asarlari hujjatli kino festivallarida, shuningdek, madaniy-maʼrifiy dasturlar doirasida namoyish etilgan.

Uning ikkita filmi – „Korni i vetvi dreva svyatogo“ () va „Svetya drugim, stradayu sam“ () xalqaro festivallarda mukofotlarga loyiq koʻrilgan.

„Boysun“ () (1988) „Kogda v Boysune taet sneg“ () (1988) „Razvod po-xivinski“ () (1988) „Skazki po-buxarski“ () (1988) „Korni i vetvi dreva svyatogo“ () (1998) – „Oʻzbektelefilm“ mahsuloti; „Yalta-2000“ xalqaro telekinoforumining maxsus sovrini bilan taqdirlangan. „Goroda-jemchujini“ () (2005) „Pasxa“ () (2006) „Rojdestvo“ () (turkum, 2006) „Drujba, ispitannaya vremenem“ () (2007) „Master Granatovoy chayxani“ () (2009), rej. Rafael Xayritdinov „Oʻzbek zamini sheʼriyati“ () (2009), rej. Rafael Xayritdinov „Put pravedniy, put pravednix“ () (2011) „Svetya drugim, stradayu sam“ () (2013) – Avliyo Luka (Voyno-Yasenetskiy) haqidagi hujjatli film, „Gala-Film“ mahsuloti.

Ssenariylar Boris Golender ssenariysi asosida 2009-yilda rejissyor Rafael Xayritdinov tomonidan „Anor choyxonasi ustasi“ va „Oʻzbek zamini sheʼriyati“ hujjatli filmlari suratga olingan. Ushbu filmlarda ikki oʻzbek rassomi: Aleksandr Volkov va Pavel Benkovning hayoti va ijodiy yoʻllari haqida hikoya qilinadi.

Vafoti Boris Golender 2026-yil 5-fevral kuni yurak yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

Mukofotlari „Doʻstlik ordeni“ (Oʻzbekiston, 2019) „Gloria Artis madaniyatidagi xizmatlari uchun“ medali (Polsha) „Gʻalabaning 75 yilligi“ yubiley medali (Isroil, 2021) Xorijdagi vatandoshlar ishlari boʻyicha Hukumat komissiyasining Faxriy yorligʻi (2010) Rossotrudnichestvoning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi Faxriy yorligʻi (2022)

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Oʻzbek tarixchilari