Muhammadbobur Majidovich Malikov, yoki Bobur Malikov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (1991—1993), Oʻzbekistonning AQShdagi sobiq elchisi (1993-yilda)MALIKOV Muxammed-Babur Madjidovich.

Biografiyasi 1948-yil 2-sentyabrda Margʻilonda tugʻilgan. Yoʻldosh Oxunboboyevning nabirasi.

1949-yildan 1957-yilgacha Farg‘ona viloyatidagi qishloqlardan birida yashagan. Otasi kolxoz raisi boʻlgan.

1967-yilda aviatsiya texnikumini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Bir yil davomida V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasining 34-sexida chilangar boʻlib ishlagan.

1972-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1972-yildan 1977-yilgacha prokuratura organlarida ishlagan.

1977-yildan sud tizimida faoliyat yuritgan. 1983-yilda Toshkent viloyati sudi, 1985-yilda Oliy sud aʼzosi etib saylangan.

1987—1989-yillarda — Andijon viloyati sudi raisi.

1989-yilda O‘zSSR Oliy sudi raisi etib saylangan va bir vaqtning oʻzida SSSR Oliy sudining aʼzosi ham boʻlgan. „Paxta ishi“ tufayli jinoiy jazoga hukm qilinganlar ishini qayta koʻrib chiqish tashabbuskori boʻlgan va 3500dan ortiq fermerlarni oqlanishiga erishdi.

1989-yilda Sovet Ittifoqi Oliy sudi plenumida birinchi boʻlib Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi tergov guruhining noqonuniy harakatlariga qarshi soʻzga chiqib, ularning harakatlarini „oʻzbek xalqining genotsidi“ deb atagan.

1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.

1993-yil 19-fevraldan 20-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi boʻlgan. Islom Karimov siyosatiga qarshi chiqqan. AQShdan siyosiy boshpana soʻragan va Karimov rejimini „fashizm“da ayblagan.

Hozirda „Oʻzbekiston fuqarolik harakati“ yetakchisi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar