Xonden - sintoiylik ibodatxonasidagi asosiy bino bo‘lib, uni sintoistlar sinden - ilohning makoni, ilohning yashash joyi deb, ham atashadi. Xonden sintoistlarning e’tiqodiga ko‘ra, kami istiqomat qiladigan joy sifatida e’tirof etiladi. U ibodatxona yuragi hisoblanadi. Unga ziyoratchilarning kirishi qat’iyan man etiladi. Xondenga faqatgina ruhoniylar diniy marosimlarni bajarish uchun kirishlari mumkin. Shuningdek, xonden gosintay - muqaddas buyum va ashyolar saqlanadigan joy ham hisoblanadi. Muqaddas buyum va ashyolarni ochish, u qanday buyumardan iborat ekanligi ko‘rish ta’qiqlanadi. Gosintay nimalardan iborat ekanini faqatgina ibodatxona oliy ruhoniysigina bilishi mumkin.Sintoiylik ibodatxonalarida Xonden turli ko‘rinishda qurilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, xonden sintoiylikda bir necha ko‘rinishga ega. Manbalar

Adabiyotlar