Ubaydulloh ibn Jahsh (arabcha: عبيد الله ابن جحش; (taxminan 588–627) – arab qabilalaridan Banu Asadning boshligʻi boʻlganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 98-99. Oxford: Oxford University Press..

Biografiyasi U Jahsh ibn Riyob va Umayma bint Abdulmuttalibning oʻgʻli boʻlib, Abdulloh ibn Jahsh, Zaynab bint Jahsh, Abu Ahmad ibn Jahsh, Habiba bint Jahsh va Hammona bint Jahsh uning aka-singillari, Muhammad alayhissalom va Ali uning amakivachchasi, Hamza ibn Abdulmuttalib esa uning togʻasi ediGuillaume/Ishaq pp. 99, 146.Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 33. London: Ta-Ha Publishers.. U Ramla binti Abu Sufyonga (Ummu Habiba nomi bilan ham tanilgan) uylangan. Ularning nikohidan Habiba bint Ubaydulloh ismli qiz farzand dunyoga kelganBewley/Saad p. 68..

Ubaydulloh ibn Jahsh Ibn Ishoq zikr qilgan toʻrt haniflardan biri boʻlib, qolganlari Varaqa ibn Navfal, Usmon ibn Huvayris va Zayd ibn Amr edi. U islomga kirganidan soʻng makkaliklar zulmidan qutulish uchun xotini bilan birgalikda Habashistonga hijrat qilganGuillaume/Ishaq, p. 146.. Aksum imperiyasining bir qismi boʻlgan Axumda nasroniy shoh (Najoshiy nomi bilan tanilgan) Asxama ibn Abjar musulmonlarga boshpana bergan. U yerda Ubaydulloh oxir-oqibat nasroniylikni qabul qilgan. Ibn Ishoq aytadi: “Ubaydulloh to Islom kelguniga qadar haq dinni izlashda davom etdi. Keyin musulmon boʻlgan xotini Ummu Habiba bint Abu Sufyonni olib, musulmonlar bilan Habashistonga hijrat qildi.

Habashistonda u keyinchalik o‘limiga sabab bo‘ladigan kasallikka chalingan, lekin vafotidan oldin Muhammad payg‘ambarga agar vafot etsa, xotiniga uylanishni tavsiya qilgan.

Manbalar

Turkum: Islom Turkum: Tarix Turkum: Din