Andrey Aleksandrovich Usachyov (; 1986-yil 29-aprelda, Orskda tugʻilgan) – rossiyalik sobiq futbolchi, markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Klubdagi karyerasi Andrey Moskvaning „Lokomotiv“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2005-yilgacha ushbu jamoa tarkibida oʻynagan. 2003-yildan boshlab oʻrinbosarlar tarkibida maydonga tushgan. 2006-yilda Litvaning „Vetra“ klubiga oʻtgan. Shu yili jamoaga milliy chempionatda bronza medalini qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshgan. 2007-yilda „KAMAZ“ jamoasiga oʻtib, Rossiyaga qaytgan, biroq klub uchun atigi 2 ta oʻyin oʻtkazib, „MVD Rossiya“ jamoasiga yoʻl olgan. 2009-yilda Orenburgning „Gazovik“ jamoasida toʻp surgan. 2010-yilda „Vetra“ jamoasiga qaytgan. Klubdagi yagona mavsumida jamoaning milliy kubok finaliga chiqishiga yordam bergan. 2010-yil ikkinchi yarmida klub tarqalib ketgach, Polshaning „Vigri“ klubiga oʻtdi, ammo mavsumni yakunlamasdan Litvaga, bu safar „Banga“ klubiga oʻtgan. 2012-yilda „Qizilqum“ safida Oʻzbekiston chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar

Havolalar Andrey Usachyov Footballfakts saytida Andrey Usachyov Scorebar saytida Andrey Usachyov Transfermarkt saytida Andrey Usachyov Footballdatabase saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FK Vėtra futbolchilari Turkum:FC KAMAZ Naberejniy Chelniy futbolchilari Turkum:FC MVD Rossiya Moskva futbolchilari Turkum:Wigry Suwałki futbolchilari Turkum:FK Banga Gargždai futbolchilari Turkum:FK REO Vilnyus Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Litvadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar