Vladlen Tatarskiy (tugʻilgandagi ismi Maksim Fomin) — rossiyalik harbiy bloger va targʻibotchi.
Biografiyasi Tatarskiy 1982-yilda Ukrainaning Donetsk viloyati Makeyevka shahrida tugʻilgan. 2011-yilda bankni oʻmargani uchun qamalgan. 2014-yilda Donbasdagi urush (2014—2022) boshlangach, qamoqdan qochib, Rossiya qoʻllab-quvvatlagan Donetsk Xalq Respublikasi harbiy kuchlariga qoʻshildi. Tatarskiyning soʻzlariga koʻra, yana qamoqqa tashlangan, ammo oxir-oqibat respublika rahbari Aleksandr Zaxarchenko tomonidan avf etilgan va Ukraina armiyasiga qarshi jang qilishga ruxsat berilgan. Oxir-oqibat blog yuritishni boshlab, Vladlen Tatarskiy taxallusini oldi. 2019-yildan beri Moskvada yashab kelgan.
Telegram kanali Telegramda 560 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan Tatarskiy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan hamda Vladimir Putin va Rossiya harbiy qo‘mondonlarini o‘ta yumshoqlik bilan tanqid qilgan rossiyalik harbiy blogerlar guruhi tarkibida edi. Shu bilan birga Ukraina infratuzilmasiga qilingan hujumlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan va bu hujumlar koʻproq ukrainaliklarning oʻlimiga olib kelishini ham aytgan. U odatda Ukrainani „terrorchi davlat“ deb atagan. Tatarskiy Ukraina sanksiyalariga uchragan. Oʻn yil davomida Ukrainaga kirish taqiqlangan, Ukrainadagi ehtimoliy aktivlari musodara qilingan.
Oʻlimi Tatarskiy 2023-yilning 2-aprelida Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida tadbir o‘tkazayotgan vaqtda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi. Maʼlumotlarga koʻra, voqea sodir boʻlgan kafe Yevgeniy Prigojinga tegishli boʻlgan. Voqea RIA Novosti axborot agentligi tomonidan tasdiqlangan.
Manbalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:Bank oʻgʻrilari Turkum:Rossiyalik bloggerlar